Yangi yil bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarni tashishni tashkil qilish maqsadida 15−22−29 dekabr va 5−12−19−26 yanvar kunlari Toshkent — Andijon — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Andijon tumanida yashash xonadonlarining birida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 63 yoshli fuqaro vafot etdi. Farzandi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi. Yong‘in isitish pechidan foydalanishda ehtiyotsizlik oqibatida kelib chiqqani aytilmoqda.
Energetika vazirligi Andijonda 684,1 mln so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qilinganini aniqladi. Holat bo‘yicha tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Yangi yil bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarni tashishni tashkil qilish maqsadida 17−29 dekabr va 2−15 yanvar kunlari Toshkent — Termiz — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.
SSV ma’lumotlariga ko‘ra, 12 dekabr kuni koronavirusga chalinganlar soni 58 nafarni (bir kun oldin 122 kishi) tashkil etib, pandemiya boshlangandan buyon virusga chalinganlar soni 247 987 nafarga yetdi.
Qarshi shahrida 13 yoshli bola uyidagi gaz plitasidan chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etdi. Ukalari esa zaharlanish alomatlari bilan tuman shifoxonasiga yotqizildi. Holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Qo‘qon shahrida uyidagi gazni tekshirib ko‘rish uchun gugurt chaqqan fuqaro gaz portlashi oqibatida vafot etdi. Yonida bo‘lgan ukasi esa kuyish jarohati bilan shahar tibbiyot markaziga joylashtirildi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlandi.
Angrenda, «Toshkent-O‘sh» yo‘lida Isuzu yuk mashinasi tormozi ishlamay qolishi natijasida 5 ta yengil avtomobil bilan to‘qnashib ketdi. Hodisada hech kim jabrlanmadi.
Senatorlar Toshkent markazidagi Senat binosida ham elektr ta’minoti uzilib, sovuqligini ma’lum qildi. Bahodir Tojiyev xonasida paltosini yechmasligini aytgan bo‘lsa, Farhod Boqiyev rivojlangan davlatlar ham energetika inqirozini boshidan kechirayotganini eslatdi.
O‘zbekistonda yozilayotgan ilmiy ishlar qanchalik sifatli? O‘zbek ilm-fani uchun nechog‘lik yangilik bo‘lmoqda? Yildan yilga tadqiqotchi, izlanuvchilar soni oshyaptiyu, nega natijasi bilinmaydi? “Gazeta.uz” mutaxassislardan muammo nimada ekanligi va ilmiy ish aslida qanday yozilishi haqida so‘radi.
1100 so‘mga arzonlashadigan Ai-80 benzini, davlat tashkilotlariga budjetdan Yangi yil bayramini o‘tkazish taqiqlangani, Mirziyoyevning OTP Bank boshqaruv raisi bilan uchrashuvi, «Ilxom» teatrida yong‘in, Bosh prokuraturani ochiqlikka chaqirgan Nukus voqealari komissiyasi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
13 dekabr, soat 00:00 dan boshlab, «O‘zbekneftgaz»ga qarashli UNG Petro shoxobchalarida Ai-80 benzini narxi 5700 so‘mgacha tushadi. Bu Ai-80 benzinini olib kirish va sotishga bo‘lgan aksiz solig‘ining bekor qilinishi bilan bog‘liq.
Toshkent viloyati Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi, BP huzuridagi departamentning Mirzo-Ulug‘bek tuman bo‘limi, IIBB va DXX xodimlari bilan hamkorlikda ikki holatda jami 126,5 mln so‘mlik pirotexnika vositalari aniqlandi. Hozirda holatlar bo‘yicha surishtiruv va tergov ishlari olib borilmoqda.
Boyovut tumanida hokimi yordamchisi o‘zi ta’sischilik qilgan 3 ta tadbirkorlik subyektidan biriga 12 holatda fuqarolarning 371,5 mln so‘m kredit mablag‘larini o‘tkazgan va ular maqsadsiz yo‘naltirilgan. Hozirda unga va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Bosh vazir Abdulla Aripov barcha turdagi davlat tashkilotlari va hokimliklarga budjet va undan tashqari mablag‘lar hisobidan Yangi yil bayrami munosabati bilan korporativ yig‘ilishlarni tashkil etish, bayram dasturxonini yozish hamda mushakbozlik uyushtirishni taqiqladi.
Xalqaro reytinglarning 500 talik ro‘yxatiga kirgan OTMni tugatgan kadrlarga 12 mln so‘mgacha, ilmiy daraja olganlarga esa 22,5 mln so‘mgacha ustama beriladi. Ustamalar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, yosh mutaxassis va uning ish beruvchisi o‘rtasidagi shartnoma asosida har oy to‘lanadi.
Yangi yil bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarni tashishni tashkil qilish maqsadida 18−20−23−25−27−30 dekabr va 3−6−8−10−13−15 yanvar kunlari Toshkent — Urganch — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha 12 ta poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Termiz tumanida ikki fuqaro Uchqizil kanalidan taqiqlangan ov quroli — elektr qarmoq bilan baliq tutgani aniqlandi. Oqibatda hayvonot dunyosiga 45 mln so‘m zarar yetkazildi. Holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tuman sudida ko‘rib chiqiladi.
Dushanba kuni erta tongda Shayxontohur tumanidagi «Ilhom» teatrining 1-qavatidagi ko‘rgazmalar zalida yong‘in chiqdi. Spektakllar kamida ikki haftaga qoldirildi.
Andijonda tadbirkor tegishli hujjatlarsiz aholi uchun tortilgan tabiiy gaz tarmog‘iga ulanib, yashirin ohak sexi ochgan. Bu vaqtda u 1 mln 642 ming kub tabiiy gazni noqonuniy sarflangan, bu 2 mingta xonadonning bir oylik gaziga teng.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting