12 dekabr kuni Vazirlar Mahkamasining navbatdagi rayosat majlisi bo‘lib o‘tdi, deya xabar qilmoqda «Gazeta.uz»ning ushbu majlisda qatnashgan manbasi.

Qayd etilishicha, kun tartibidan Yangi yil bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish masalasi ham o‘rin olgan.

Rayosatda Bosh vazir Abdulla Aripov barcha turdagi davlat tashkilotlari va hokimliklarga budjet va undan tashqari mablag‘lar hisobidan korporativ yig‘ilishlarni tashkil etish, bayram dasturxonini yozish va mushakbozlik uyushtirish taqiqladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq sobiq Adliya vaziri Ruslanbek Davletov korrupsiyaga aylanib ketayotgan eskichilik ko‘p yillik qadriyat bo‘lsa ham, ulardan voz kechish lozimligini aytgandi. Xususan, u Yangi yil bayrami arafasida amaldorlarga hamma sovg‘a tashishni boshlashi, Qashqadaryodan tandir, Xorazmdan guruch kelishini ta’kidlagandi.