Toshkent — Andijon — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha qatnovlar yo‘lga qo‘yiladi, deya xabar bermoqda «O‘ztemirlyo‘lyo‘lovchi» kompaniyasi matbuot xizmati.

Yangi yil bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarni tashishni tashkil qilish maqsadida Toshkent — Andijon — Toshkent yo‘nalishida 15−22−29 dekabr kunlari va 5−12−19−26 yanvar kunlari qo‘shimcha qatnovlar yo‘lga qo‘yildi.

Poyezdlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

  • 60-sonli Toshkent — Andijon yo‘nalishi: Toshkent 07:55 — Andijon 13:46
  • 59-sonli Andijon — Toshkent yo‘nalishi: Andijon 16:00 — Toshkent 21:45

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin. Chiptalarni elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilish ham mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 11 dekabrdan boshlab Andijon viloyatidan Xiva, Termiz va Qo‘ng‘irotga, 17 dekabrdan Toshkent — Termiz — Toshkent yo‘nalishida,18 dekabrdan Toshkent — Urganch — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi xabar qilingandi.