Toshkent — Termiz — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha qatnovlar yo‘lga qo‘yiladi, deya xabar bermoqda «O‘ztemirlyo‘lyo‘lovchi» kompaniyasi matbuot xizmati.

Yangi yil bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarni tashishni tashkil qilish maqsadida Toshkent — Termiz — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha qatnovlar yo‘lga qo‘yiladi va quyidagi jadval asosida harakatlanadi.

Xususan, 17−19−21−24−26−28 dekabr kunlari hamda 2−4−7−9−11−14 yanvar kunlari 157-sonli Toshkent — Termiz yo‘nalishi (Toshkent 21:42 — Termiz 11:41) yo‘nalishida, 18−20−22−25−27−29 dekabr kunlari va 3−5−8−10−12−15 yanvar kunlari 157-sonli Termiz — Toshkent yo‘nalishida (Termiz 15:10 — Toshkent 05:42) qatnovlar amalga oshiriladi.

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin. Chiptalarni elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilish ham mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 11 dekabrdan boshlab Andijon viloyatidan Xiva, Termiz va Qo‘ng‘irotga, 18 dekabrdan Toshkent — Urganch — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi xabar qilingandi.