Toshkent — Urganch — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha qatnovlar yo‘lga qo‘yildi, deya xabar bermoqda «O‘ztemirlyo‘lyo‘lovchi» kompaniyasi matbuot xizmati.

Yangi yil bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarni tashishni tashkil qilish maqsadida 18−20−23−25−27−30 dekabr va 3−6−8−10−13−15 yanvar kunlari Toshkent — Urganch — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha 12 ta qatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.

Poyezdlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

156-sonli Toshkent — Urganch yo‘nalishi: Toshkent 00:05 — Urganch 14:23

155-sonli Urganch — Toshkent yo‘nalishi: Urganch 17:35 — Toshkent 06:54

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin. Chiptalarni elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilish ham mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 11 dekabrdan boshlab Andijon viloyatidan Xiva, Termiz va Qo‘ng‘irotga qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi xabar qilingandi.