Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida honadonda gaz chaqnashi oqibatida bir nafar fuqaro vafod etdi, deya xabar bermoqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati.

Olib borilgan o‘rganish davomida aniqlanishicha, 12 dekabr kuni soat 15:24 da shaharning A.Navoiy mavzesida yashovich fuqaro D.N. uyidagi gazni tekshirib ko‘rish maqsadida gugurt chaqqan paytda gaz va havo aralashmasi natijasida portlash sodir bo‘lgan. Oqibatda D.N. xodisa joyida vafot etgan.

U bilan birga bo‘lgan ukasi fuqaro B.N. tanasining turli joylaridan kuyish jaroxati bilan Qo‘qon shahar tibbiyot markaziga joylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan xozirda Qo‘qon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari orlib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda bir oilaning uch nafar a’zosi, Xorazmda fuqaro va uning nevarasi, Buxoro viloyatida 5 kishilik oila, Toshkent viloyatida er-xotin va ularning 3 oylik chaqalog‘i, Namanganda qaynona, kelin va nabira, Farg‘onada er-xotin, Qashqadaryoda 17 yoshli qiz, Xorazmda ijarada turgan ikki yigit, Jizzaxda qariya ayol va uning ikki nabirasi hamda Buxoroda 2-sinf o‘quvchisi is gazidan halok bo‘lgandi.