Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 12 dekabr kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 58 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 1 nafari Andijon viloyatida,
  • 2 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 1 nafari Namangan viloyatida,
  • 4 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 4 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 46 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etildi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, pandemiya boshlangandan buyon O‘zbekistonda jami 247 987 nafar odamda kovid aniqlangan. Vafot etganlar esa 1 637 kishini tashkil etadi.