Jamiyat

2022 yil davomida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 58 mingdan ortiq ish ko‘rib chiqildi
27 yanvar 2023, 16:18

2022 yil davomida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 58 mingdan ortiq ish ko‘rib chiqildi

2022 yilda jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar 75 078 nafar shaxsga nisbatan 58,6 mingdan ortiq jinoyat ishi ko‘rib chiqdi. Shundan, 56,5 ming nafari sudlangan, 1010 nafari oqlangan va reabilitatsiya qilingan. Asosan firibgarlik, yo‘l harakati qoidalarini buzish va o‘g‘irlik bilan bog‘liq jinoyatlar ko‘rib chiqilgan.

Qoraqalpog‘istonda brakonyerlar 13 bosh jayronni otib o‘ldirdi
27 yanvar 2023, 15:57

Qoraqalpog‘istonda brakonyerlar 13 bosh jayronni otib o‘ldirdi

Qoraqalpog‘istonning “Borsakelmes” qo‘riqxonasida “Qizil kitob"ga kiritilgan 13 bosh jayronni otib o‘ldirgan brakonyerlar qo‘lga olindi.

Qoraqalpog‘istonda oshxona portlab, bir kishi halok bo‘ldi
27 yanvar 2023, 15:22

Qoraqalpog‘istonda oshxona portlab, bir kishi halok bo‘ldi

Xo‘jayli tumanida 25 yanvar kuni soliq inspeksiyasi oshxonasida sodir bo‘lgan portlash oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, ikki kishi jarohat oldi.

Fido-Biznes 30 yil davomida IT sohasida erishilgan yutuqlar haqida gapirib berdi
27 yanvar 2023, 15:00

Fido-Biznes 30 yil davomida IT sohasida erishilgan yutuqlar haqida gapirib berdi

20 yanvar kuni Fido-Biznes kompaniyasi 30 yilligini nishonladi. Kompaniyaning asoschisi hammasi nimadan boshlangani, loyihaning ahamiyati va dijital-trendlar haqida gapirib berdi.

Human.uz sayti direktori va bosh muharriri «organ xodimlari» tomonidan hibsga olingani xabar qilindi
27 yanvar 2023, 14:50

Human.uz sayti direktori va bosh muharriri «organ xodimlari» tomonidan hibsga olingani xabar qilindi

Human.uz sayti nashr direktori Xurshid Daliyev va bosh muharrir Muslim Mirzajonov «organ xodimlari» tomonidan hibsga olingani ma’lum qildi. Shuningdek, ushbu OAV ofisiga bostirib kirilgani va tintuv o‘tkazilgani haqida xabar qilindi.

O‘zbekistonda sovuq ob-havo ta’siri kuchsizlanishda davom etadi
27 yanvar 2023, 13:16

O‘zbekistonda sovuq ob-havo ta’siri kuchsizlanishda davom etadi

Dam olish kunlari respublika bo‘yicha havo massasining asta-sekin isishi davom etadi. Harorat kechalari −3…−12 daraja, kunduzi +2…+10 darajagacha bo‘ladi.

«Agrobank» ATB xalqaro standarti bo‘yicha muvofiqlik sertifikatlarini qo‘lga kiritdi
27 yanvar 2023, 13:00

«Agrobank» ATB xalqaro standarti bo‘yicha muvofiqlik sertifikatlarini qo‘lga kiritdi

«Agrobank»ga CERT International xalqaro auditorlik tashkiloti tomonidan ISO 37001:2016 xalqaro standarti bo‘yicha muvofiqlik sertifikatlari taqdim etildi.

«Qizlarimizga yoshligidan o‘zini hurmat qilishni o‘rgatish shart» — Avstraliya universiteti doktoranti Nargiza Abdurahmonova
27 yanvar 2023, 13:00

«Qizlarimizga yoshligidan o‘zini hurmat qilishni o‘rgatish shart» — Avstraliya universiteti doktoranti Nargiza Abdurahmonova

Xalqaro huquqshunos, Avstraliyadagi Griffit universiteti doktoranti Nargiza Abdurahmonova o‘zbek xotin-qizlari ilm-fanda ham mashhur olima bo‘lishiga ishonadi. U buning uchun nimalar qilish kerakligi, qaysi yo‘llardan yurish zarurligi, O‘zbekistonda bunga nimalar xalal berayotgani haqida so‘zlab berdi.

«Vaqf» fondining Toshkent shahar filiali 2022 yilda qariyb 1 mlrd so‘m xayriya qildi
27 yanvar 2023, 12:54

«Vaqf» fondining Toshkent shahar filiali 2022 yilda qariyb 1 mlrd so‘m xayriya qildi

«Vaqf» fondining Toshkent shahar filiali 2022 yilda xayriya, zakot, vaqf mulklari, ziyoratgohlar, diniy tashkilotlar va aksiyalar orqali kelib tushgan 981 million 994 ming so‘mni ehson tariqasida taqdim etdi.

Toshkentda bir yilda 136 kishi YTH oqibatida vafot etdi
27 yanvar 2023, 11:52

Toshkentda bir yilda 136 kishi YTH oqibatida vafot etdi

Poytaxtda 2022 yilda 1200 ta YTH sodir bo‘lgan. Unda 136 kishi, jumladan, 17 nafar voyaga yetmaganlar vafot etgan. O‘tgan yilda YTHlar soni 2021 yilga ko‘ra (1073) ko‘paygan.

Tashkent Index`dagi talabalar majburan chiqarilmaydi — vazirlik
27 yanvar 2023, 10:38

Tashkent Index`dagi talabalar majburan chiqarilmaydi — vazirlik

Sovuq havo haroratida yetarli sharoitga ega emasligi uchun Tashkent Index`dagi talabalar ayrim OTMlar tomonidan yotoqxonalarga ko‘chirilmoqda. Oliy ta’lim vazirligi ushbu jarayon noto‘g‘ri talqin qilinayotganini bildirib, hech kim majburan chiqarib yuborilmasligini ma’lum qildi.

Ammasi va 17 yoshli jiyanini o‘ldirganlikda gumonlanayotgan andijonlik erkak ushlandi
27 yanvar 2023, 10:22

Ammasi va 17 yoshli jiyanini o‘ldirganlikda gumonlanayotgan andijonlik erkak ushlandi

Xo‘jaobod tumanidagi xonadonlarning birida 30 yoshli erkak ammasi va 17 yoshli jiyanini o‘ldirib ketgani gumon qilinayotgandi. Aniqlanishicha, erkak ayoldan kreditni to‘lash uchun pul so‘ragan. Rad javobdan jahli chiqib, ularni pichoqlab qo‘ygan. Hozirda gumonlanuvchi ushlangan, holat tergov ostida.

Namangandan oqib o‘tuvchi Norin daryosi qirg‘og‘i yemirilmoqda
27 yanvar 2023, 10:01

Namangandan oqib o‘tuvchi Norin daryosi qirg‘og‘i yemirilmoqda

Tarmoqlarda Namangandan oqib o‘tuvchi Norin daryosini to‘sib turadigan damba qulagani haqida xabarlar tarqaldi. Shundan so‘ng viloyat FVB yemirilish oqibatini bartaraf etish jarayonlarini boshladi.

Sirdaryodagi uyda portlash bo‘lib, 1 kishi shifoxonaga yotqizildi
27 yanvar 2023, 09:45

Sirdaryodagi uyda portlash bo‘lib, 1 kishi shifoxonaga yotqizildi

Gulistondagi uylarning birida portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda 1 fuqaro jarohat bilan shifoxonaga olib ketildi.

Toshkent viloyatida Lacetti muzlab qolgan ko‘lmakda qolib ketdi
27 yanvar 2023, 09:41

Toshkent viloyatida Lacetti muzlab qolgan ko‘lmakda qolib ketdi

Chinoz tumanida Lacetti haydovchisi va yo‘lovchisi muzlab qolgan ko‘lmakda qolib ketdi. Toshkent viloyati FVB qutqaruvchilari ularga va avtomashinaga maxsus texnikalar yordamida amaliy yordam ko‘rsatdi.

Farg‘onadan Qirg‘izistonga mikroavtobus qatnovi qayta tiklandi
27 yanvar 2023, 09:35

Farg‘onadan Qirg‘izistonga mikroavtobus qatnovi qayta tiklandi

26 yanvardan Farg‘onadan Qirg‘izistonga pandemiya sabab to‘xtab qolgan mikroavtobus qatnovi qayta tiklandi. Farg‘ona-Quvasoy-Qizil-qiya yo‘nalishining yo‘lkira narxi 12 ming so‘m etib belgilandi.

26 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
26 yanvar 2023, 22:00

26 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

2023 yilda YAIM va inflyatsiyaning prognozlari, O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida GES qurilishi shartnomasi va $1,6 mlrdlik kelishuvlar, asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirgan MB, Qirg‘izistonga borgan Shavkat Mirziyoyev, Andijonda o‘ldirib ketilgan ayol va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Video: Navoiyda Afrosiyob poyezdi qo‘ylar podasini urib ketdi
26 yanvar 2023, 18:25

Video: Navoiyda Afrosiyob poyezdi qo‘ylar podasini urib ketdi

Toshkent-Buxoro yo‘nalishidagi Afrosiyob poyezdi Navoiy viloyatida qo‘ylar podasini urib yubordi. 1000 ga yaqin qo‘y temiryo‘lni noto‘g‘ri joyda kesib, himoya panjarasini buzib o‘tgan. Hayvonlarning egasi qoidabuzarlik uchun ma’muriy jazoga tortiladi.

Toshkent ramzlariga chizgilar: Markaziy univermag yaqinidagi kitob rastalari
26 yanvar 2023, 18:00

Toshkent ramzlariga chizgilar: Markaziy univermag yaqinidagi kitob rastalari

Markaziy univermag yaqinidagi kitob rastalari toshkentliklarning bir necha avlodi uchun qadrdon joy, kitobsevarlar uchun esa jannatning o‘zginasidir. “Gazeta.uz” ushbu rastalar qanday paydo bo‘lgani, ular nimasi bilan Toshkent ramzlaridan biriga aylanganini o‘rgandi.

Qoraqalpog‘istonda ikki avtomobil bir-biriga yo‘l bermagani sabab yo‘lovchi halok bo‘ldi
26 yanvar 2023, 17:27

Qoraqalpog‘istonda ikki avtomobil bir-biriga yo‘l bermagani sabab yo‘lovchi halok bo‘ldi

Nukusda bir-biriga yo‘l bermagan Damas va Gentra to‘qnashib ketdi. Oqibatida Damas yo‘lovchisi jarohat olib, shifoxonada vafot etdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting