«Vaqf» xayriya jamoat fondining Toshkent shahar filiali 2022 yilda 981 million 994 ming so‘m mablag‘ xayriya sifatida sarfladi. Bu fondning «Gazeta.uz»ga bergan hisobotida keltirilgan.

Qayd etilishicha, 2022 yilda fond tomonidan xayriya, zakot, vaqf mulklari, ziyoratgohlar, diniy tashkilotlar va aksiyalar orqali kelib tushgan mablag‘lar hamda homiylar va hamkor tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan moddiy ko‘rinishdagi ehsonlar bilan qo‘shib hisoblaganda jami 5144 nafar fuqarolarga 981 million 994 ming so‘m mablag‘ xayriya sifatida sarflangan.

Shu jumladan:

  • Diniy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, o‘quvchi-talabalarini moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun — 44 456 000 so‘m;
  • Diniy ta’lim muassasalari o‘quvchi-talabalarni to‘lov shartnomasini to‘lash va boshqa rag‘batlantirish uchun — 17 633 000 so‘m;
  • Masjidlar qurilishi uchun — 25 000 000 so‘m;
  • Masjidlar va ziyoratgohlar xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirlar uchun — 71 577 000 so‘m;
  • Boquvchisi yo‘q, ko‘makka muhtoj fuqarolarga turli moddiy ko‘rinishda berilgan yordamlar uchun — 279 092 000 so‘m;
  • Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan imkoniyati cheklangan, nogironligi bo‘lgan shaxslarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun — 312 900 000 so‘m;
  • Toshkent shahridagi muruvvat, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini qo‘llab-quvvatlash uchun, hamda urush va mehnat faxriylari pansionatiga 38 920 000 so‘m;
  • Gapirish va eshitishda nuqsoni bo‘lgan, ko‘zi ojizlar, nogironligi bor va boshqa ehtiyojmand fuqarolar ishtirokida o‘tkazilgan Nogironlar kuni, Xalqaro bolalar kuni va boshqa xayriya tadbirlari uchun — 165 666 000 so‘m;
  • Zudlik bilan yordamga muhtoj bo‘lgan fuqarolarga — 9 934 000 so‘m;
  • Umra safariga ko‘mak uchun — 18 000 000 so‘m ajratilgan.

Bundan tashqari Toshkent shahridagi ziyoratgohlarni obodonlashtirish va saqlashuchun 184 317 000 so‘mlik mablag‘ sarflandi.