Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida Damas va Gentra ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar qildi.

Hodisa Nukus shahri «Shoirlar» OFYdan o‘tuvchi ichki yo‘lidagi chorrahalardan birida Damas va Gentra avtomashinasi haydovchilarining bir biriga yo‘l bermagani sabab yuz bergan.

Oqibatda Damas avtomashinasida kelayotgan yo‘lovchisi jarohat olib, ko‘krak qafasi qisilishi va bosh miya jarohati tashxisi bilan shahar tibbiy yordam ko‘rsatish markaziga olib ketilgan. Muolajalarga qaramasdan fuqaro shifoxonada vafot etgan.

Holat bo‘yicha Nukus shahri ichki ishlar boshqarmasi tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Hodisa yuz bergan sana haqida esa ma’lumot berilmagan.