Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanida 25 yanvar kuni davlat soliq inspeksiyasi qoshidagi oshxonada portlash sodir bo‘ldi, deb xabar berdi Respublika Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Oqibatda bir kishi olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida halok bo‘lgan, yana ikki kishi Xo‘jayli tumani tibbiyot birlashmasi shifoxonasiga yotqizilgan.

Portlash sabablari aniq emas. Holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Avvalroq Gulistondagi uylarning birida portlash sodir bo‘lgani, oqibatda 1 fuqaro jarohat bilan shifoxonaga olib ketilgani haqida xabar berilgandi.