Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi 26 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda Norin daryosini to‘sib turadigan damba qulagani aytilgan xabarga munosabat bildirdi.

Boshqarma shundan so‘ng Norin tumanidan oqib o‘tuvchi daryoning chap qirg‘og‘ining yemirilishi oqibatini bartaraf etish jarayonlarini boshladi.

«Jarayon to‘liq nazoratga olingan, boshqarma hamda favqulodda vaziyatlarda davlat quyi tizimlari jalb qilingan, hozirda maxsus texnikalar va soha mutaxassislari bilan birgalikda dambani mustahkamlash ishlari olib borilmoqda», — deyiladi xabarda.