Dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha sovuq antitsiklon periferiyasining ta’siri asta-sekin kuchsizlanishi davom etadi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet xizmati.

Respublikaning barcha hududlari bo‘yicha asosan kam bulutli, yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Joylarda tuman tushishi kuzatiladi. Havo haroratining ko‘tarilishi notekis bo‘ladi.

Juma kuni kunduzi respublikaning katta qismida harorat 0…+5 daraja atrofida, Surxondaryo viloyatida +7…+10 darajagacha bo‘ladi. Ammo Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida −2…−4 daraja sovuq atrofida bo‘lishi saqlanib turadi.

Dam olish kunlari respublika bo‘yicha havo massasining asta-sekin isishi davom etadi. Harorat kechalari −3…−8 daraja, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida −10…−12 daraja atrofida bo‘ladi. Kunduz kunlari harorat +2…+7 darajagacha, Surxondaryo viloyatida +10 darajagacha bo‘ladi.

Poytaxtda dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati bugun kunduzi asta-sekin +2…+4 darajagacha, yakshanba kuni +5…+7 darajagacha ko‘tariladi. Kechalari −3…−5 daraja bo‘ladi.