26 yanvar kuni Guliston shahri «Namuna» MFY Al-Xorazmiy ko‘chasidagi xonadonda taxminan havo-gaz aralashmasining chaqnashi bilan bog‘liq hodisa sodir bo‘ldi, deb xabar berdi Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati.

Keltirilishicha, hodisa oqibatida yong‘in sodir bo‘lmagan, ammo xonadon oshxonasining kirish eshigi va derazasi qisman shikastlangan hamda 1 nafar fuqaro jarohat olib, shifoxonaga yuborilgan.

Hozirda hodisa sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Fuqarolardan xonadonlarni isitishda xavfsizlik talablariga rioya etishlari hamda gaz moslamalarini e’tiborsiz qoldirmasliklari so‘ralgan.

Avvalroq viloyatning Boyovut tumanidagi uylarning birida gaz portlashi oqibatida yong‘in sodir bo‘lgandi. Hodisa sabab 2 kishi jarohat olib, kasalxonaga yuborilgan.