26 yanvar kuni soat 10:30 da Lacetti avtomobil haydovchisi Chinoz tumanida xosil bo‘lgan muzlab qolgan ko‘lmakda qolib ketdi, deya xabar bermoqda Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi.

Haydovchi ko‘lmak ustidan harakatlanishi oqibatida muz yorilib, avtomashina o‘sha joyda qolib ketgan. Bu haqda viloyat FVBga xabar berilgan.

Zudlik bilan Chinoz tumani FV bo‘limi qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borib, muz orasida qolib ketgan haydovchi, uning yo‘lovchisi hamda avtomashinasiga maxsus texnikalar yordamida amaliy yordam ko‘rsatgan.

Hodisa oqibatida jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.