Jamiyat

Samarqandda is gazidan zaharlangan kelin-kuyov vafot etdi
21 yanvar 2023, 15:29

Samarqandda is gazidan zaharlangan kelin-kuyov vafot etdi

Kattaqo‘rg‘on tumanida chillasi chiqmagan kelin-kuyov is gazidan zaharlanib vafot etdi. Xonadon egalari ularni ko‘mgan va huquqni muhofaza qilish organlariga bu haqda xabar bermagan. Hozirda prokuratura holatni o‘rganmoqda.

Latent sil bo‘yicha skrining tekshiruvlari soni har yili 1 milliontaga yetkaziladi
21 yanvar 2023, 13:32

Latent sil bo‘yicha skrining tekshiruvlari soni har yili 1 milliontaga yetkaziladi

Latent (yashirin) tuberkulyoz bo‘yicha skrining tekshiruvlari soni har yili 1 milliontaga, bemorlarni davolash qamrovi 21 ming nafargacha yetkaziladi. Mutaxassislar tomonidan o‘smirlar va kattalar rentgenologik, bolalar esa immunologik tekshiruvdan o‘tkaziladi.

Nima o‘qiymiz? Jurnalist Husan Nishonov tavsiya qiladi
21 yanvar 2023, 12:30

Nima o‘qiymiz? Jurnalist Husan Nishonov tavsiya qiladi

«Gazeta.uz» kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan «Nima o‘qiymiz?» loyihasini davom ettiradi. Sara asarlar, o‘qilishi maqsadga muvofiq hisoblangan kitoblar ro‘yxati haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyalarini har shanba sizga yetkazamiz.

O‘zbekistonda OIV infeksiyasiga qarshi kurash kuchaytiriladi
21 yanvar 2023, 12:09

O‘zbekistonda OIV infeksiyasiga qarshi kurash kuchaytiriladi

O‘zbekistonda 2027 yilga borib OIV yuqtirib olgan shaxslarning 95 foizi o‘z maqomini bilishi, maxsus davolash kurslari bilan qamrab olinishi, 95 foizining qonida virus yuklamasi aniqlanmaydigan darajaga tushishi rejalashtirilmoqda. Shu vaqtga kelib, OIVning onadan bolaga yuqishiga barham berish ham ko‘zda tutilgan.

Video: DXX Namanganda salkam 3 kg narkotik moddalarni to‘xtatib qoldi
21 yanvar 2023, 11:12

Video: DXX Namanganda salkam 3 kg narkotik moddalarni to‘xtatib qoldi

Pop tumanida to‘xtatilgan ikki mashinadan salkam 3 kilogramm opiy musodara qilindi. DXX ma’lumotiga ko‘ra, narkotik moddalar Tojikiston va Qirg‘izistondan olib kirilgan. Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.

Nima tayyorlaymiz: Issiq taomlar
21 yanvar 2023, 09:27

Nima tayyorlaymiz: Issiq taomlar

Karam barglaridan do‘lma, bedana tuxumli teftellar, qozonda pishirilgan qiymakabob, non-palov, pechda pishirilgan tovuq va kartoshka hamda boshqalar — Zira.uz mazali va to‘yimli issiq taomlar ro‘yxatini taqdim etadi.

«Noqonuniy topshiriqlarni bajarishni xohlamayman». Rasul Kusherbayev — Toshkent hokimi etib tayinlanishi mumkinligi haqida
21 yanvar 2023, 08:22

«Noqonuniy topshiriqlarni bajarishni xohlamayman». Rasul Kusherbayev — Toshkent hokimi etib tayinlanishi mumkinligi haqida

Rasul Kusherbayev internetda uni Toshkent hokimi etib tayinlash taklifiga javoban: «bu xalqning xohishi bo‘lishi mumkin, ammo rahbariyatning emas», — dedi. U bunga rozi bo‘lmasligini, chunki «noqonuniy topshiriqlar»ni bajarishni istamasligi, rahbariyat ham buni xohlamasligini bildirdi.

20 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
20 yanvar 2023, 22:00

20 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Andijonda fuqarolarni kaltaklab, keyin videoda uzr so‘rattirgan IIB xodimlari, o‘qituvchilardan uzr so‘ragan Angren shahar prokurori, Namanganda jarimaga tortilgan hokim haydovchisi, sovuq dam olish kunlari, gazdan noqonuniy foydalangan tadbirkorlar va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

O‘zbekiston OTM, kollej va litseylarida o‘qish 23 yanvardan boshlanadi
20 yanvar 2023, 21:28

O‘zbekiston OTM, kollej va litseylarida o‘qish 23 yanvardan boshlanadi

Oliy ta’lim vazirligi OTM, kollej, kasb-hunar maktablari va akademik litseylarda o‘qish 23 yanvardan boshlanishini ma’lum qildi.

Andijonda IIB xodimlari fuqarolarni kaltaklab, keyin video orqali uzr so‘rattirdi
20 yanvar 2023, 17:17

Andijonda IIB xodimlari fuqarolarni kaltaklab, keyin video orqali uzr so‘rattirdi

Asakada ichki ishlar xodimlari jamoat tartibini buzganlikda ayblab, fuqarolarga kuch ishlatdi. Tuman IIBga olib ketilgan fuqarolar uzr so‘rab, xodimlarga sovuqda tartibni saqlayotgani uchun minnatdorlik bildirdi. Ularning kaltaklangani aks etgan videoni tarqatish esa yaxshi ish bo‘lmaganini aytdi.

O‘zbekistonda 60 km tezlik cheklovi taqiqlovchi belgilar o‘rnatilgandan so‘ng kuchga kiradi
20 yanvar 2023, 17:13

O‘zbekistonda 60 km tezlik cheklovi taqiqlovchi belgilar o‘rnatilgandan so‘ng kuchga kiradi

O‘zbekistonda harakat tezligi 60 km etib belgilangan cheklov ko‘chalarda taqiqlovchi belgilar va moslashtirilgan tezlikni aniqlovchi moslamalar o‘rnatilgach kuchga kiradi. YHXX mas’uli haydovchilardan yangi tartibga hozirdan amal qilishni so‘radi.

«Maktab qordan tozalanmagan, o‘qituvchilar esa oylik olib yotibdi» — Angren prokurori
20 yanvar 2023, 15:32

«Maktab qordan tozalanmagan, o‘qituvchilar esa oylik olib yotibdi» — Angren prokurori

Angrenda shahar prokurori 22-maktabga borib, muassasa hovlisi muz va qordan tozalanmaganidan noroziligini bildirdi. Uning tashrifidan so‘ng o‘qituvchilar hududni tozalashga jalb qilindi. Holat muhokamalarga sabab bo‘lgach, o‘rganish olib borilib, prokurorga intizomiy jazo chorasi qo‘llandi.

Chet ellik va fuqaroligi bo‘lmaganlarning farzandlarini maktablarga qabul qilish xizmati ishga tushdi
20 yanvar 2023, 15:07

Chet ellik va fuqaroligi bo‘lmaganlarning farzandlarini maktablarga qabul qilish xizmati ishga tushdi

Xorij fuqarolari va chet elda yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning farzandlarini umumta’lim maktablariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati yo‘lga qo‘yildi. Xizmat ko‘rsatish bepul amalga oshiriladi.

Namanganda boshqaruv paytida telefondan foydalangan hokim haydovchisi jarimaga tortildi
20 yanvar 2023, 14:41

Namanganda boshqaruv paytida telefondan foydalangan hokim haydovchisi jarimaga tortildi

Tarmoqlarda Mingbuloq tumani hokimining haydovchisi boshqaruv vaqtida qo‘l telefonidan foydalangani aks etgan surat tarqaldi. YHXX Trailblazer avtomobili haydovchisiga nisbatan bayonnoma rasmiylashtirilgani va u 900 ming so‘m jarima to‘laganini ma’lum qildi.

Sovuq havo dam olish kunlarida ham saqlanib turadi
20 yanvar 2023, 11:45

Sovuq havo dam olish kunlarida ham saqlanib turadi

O‘zbekistonda shanba va yakshanba kunlari yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Harorat kechalari −8…−13 daraja, kunduzi −2…+3, ba’zi joylarda −5 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

3 ta viloyatda tadbirkorlar jami 673,4 ming kub metr gazdan noqonuniy foydalangani aytilmoqda
20 yanvar 2023, 11:01

3 ta viloyatda tadbirkorlar jami 673,4 ming kub metr gazdan noqonuniy foydalangani aytilmoqda

Jizzax, Toshkent hamda Buxoro viloyatlarida tabiiy gazga noqonuniy ulanib olganlikda gumonlanayotgan tadbirkorlar aniqladi. Ular jami 673,4 ming kub metr gazdan ruhsatsiz foydalangan. Oqibatda davlat va jamiyat manfaatlariga 545,3 mln so‘m zarar yetgan. Hozirda holatlar tergov ostida.

Video: Toshkentda 3 ta mashina to‘qnashib, 2 kishi shifoxonaga yotqizildi
20 yanvar 2023, 10:22

Video: Toshkentda 3 ta mashina to‘qnashib, 2 kishi shifoxonaga yotqizildi

Yakkasaroy tumanida Malibu, Spark va Nexia-3 to‘qnashib ketdi. YTH oqibatida ikki haydovchi kasalxonaga olib ketildi.

Dauletmurat Tajimuratov sudda o‘z himoyasi uchun nimalar dedi?
20 yanvar 2023, 00:00

Dauletmurat Tajimuratov sudda o‘z himoyasi uchun nimalar dedi?

Tajimuratov sudda uning aybini tasdiqlovchi dalillar taqdim etilmagani, amaldorlar farqli ko‘rsatmalar berganini ma’lum qildi. U namoyishlargacha davlat organlaridan jim turmaslikni so‘ragani va mustaqillik uchun urinmaganini aytdi. Ayni vaqtda, «mustaqillikni orzu qilish jinoyat emas»ligini ta’kidladi.

19 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
19 yanvar 2023, 22:00

19 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekistonda tezlik 60 km/soatgacha pasaytirilgan ko‘chalar, mahkumlarni almashishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston-Qozog‘iston, qirg‘izistonlik siam egizaklarini operatsiyada ajratib olgan o‘zbek shifokorlar, «hozir hech kimga qiziq bo‘lmay qolgan» kovid statistikasi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

O‘zbekistonning turli hududlari aholisi qahratonni qanday o‘tkazmoqda?
19 yanvar 2023, 18:51

O‘zbekistonning turli hududlari aholisi qahratonni qanday o‘tkazmoqda?

Toshkentliklar poytaxtning so‘nggi ayozli kunlardagi og‘ir ahvoli viloyatlar aholisi uchun odatiy ekani haqida ko‘p eshitdi. «Gazeta.uz» O‘zbekiston hududlari aholisi bilan suhbatlashib, bu yilgi qish avvalgilaridan nimasi bilan farq qilayotgani, gaz, «svet» va transport muammolari haqida so‘radi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting