Bugungi kunda «Agrobank» ATBning barcha bo‘g‘inlarida korrupsiyaga qarshi kurashish, «halollik vaksinasi»ni joriy qilish yuzasidan bosqichma-bosqich ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Bu borada olib borilgan maqsadli sa’y-harakatlarning natijasida bank bosh ofisi hamda mijozlar bilan faoliyat olib boruvchi Toshkent shahar filialiga CERT International xalqaro auditorlik tashkiloti tomonidan ISO 37001:2016 xalqaro standarti bo‘yicha muvofiqlik sertifikatlari taqdim etildi.

реклама

Mazkur sertifikatlarni qo‘lga kiritish uchun bankning komplayens-nazorat departamenti tomonidan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Ushbu ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablariga muvofiqlik sertifikatlariga ega bo‘lishi barcha ko‘rinishdagi korrupsion holatlarga murosasiz munosabatda ekanligini bildirib, «Agrobank» faoliyatini barqarorlashtirishda muhim o‘rin tutadi.

Shu o‘rinda bu xalqaro sertifikatlarning qo‘lga kiritilishi hozirgi transformatsiya jarayonida xorijiy investorlarni jalb etish, moliya institutlari bilan aloqa o‘rnatish va bank mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yangi bosqichga ko‘tarishda muhim ahamiyatga egadir.

Reklama huquqlari asosida.