Fido-Biznes kompaniyasi O‘zbekiston bozorida 1993 yildan beri o‘z faoliyatini olib bormoqda va yetakchi dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilaridan biri hisoblanadi. Kompaniyaning IT-yechimlari uzoq yillar davomida O‘zbekistonning moliya, davlat va ijtimoiy sohalarida, sanoat, energetika, telekommunikatsiya va sug‘urta tarmoqlarida muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda.

1995 yillda O‘zbekistonda bank sektorini avtomatlashtirish davrining boshlanishini Fido-Biznes kompaniyasi, uning boshqa raqobatchilari, shu bilan birga bugungi bank sektorining ham shakllanish davri bo‘ldi deb hisoblash mumkin. Tashkil etilganidan beri kompaniya eng ko‘p sa’y-harakatlarni bank tizimini rivojlantirishga qaratdi. Biroq, Fido-Biznes yechimlari nafaqat banklarning ishiga yordam beradi. Kompaniya asoschisi Ta’lat Dadajonov 30 yil davomida erishilgan yutuqlar va raqamli transformatsiyalar haqida gapirib berdi.

Kompaniyaning tarixi

Fido-Biznes 1993 yil 20 yanvar kuni kibernetika instituti huzuridagi loyiha-konstruktorlik byuro negizida tashkil etilgan. O‘sha vaqtda Ta’lat Dadajonov bo‘lim rahbari bo‘lib ishlagan. Kompaniya faoliyatining yo‘nalishi — dasturiy ta’minotni ishlab chiqish zamon talabi bo‘lib, sanoat korxonalarining ishlab chiqarish jarayonlari samaradorligini oshirishni taqozo etardi. Shu sababli boshida kompaniyaning faoliyati sanoat korxonalarining ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishga ixtisoslashgan ALT (avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi) yo‘nalishi bo‘yicha olib borilgan.

Bu davrda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, «Chirchiqximmash», Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi kabi sanoat korxonalari uchun bir qator avtomatlashtirilgan tizimlar yaratildi va joriy etildi. Kompaniya xodimlari jami 13 nafar edi.

1995−1996 yillarda Markaziy bank bank islohotini boshladi, prezident farmoni bilan tegishli qonun hujjatlari, shu jumladan «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. O‘sha paytda ba’zi tijorat banklari mahalliy texnologik ishlanmalariga ega edi, ammo O‘zbekistonning global to‘lov tizimisiz bankning mahalliy avtomatlashtirilgan kunining o‘zi moliya sektori rivojlanishining kerakli yurgizuvchisi bo‘la olmasdi.

Shuning uchun 1996 yil 25 may kuni Markaziy bank va Fido-Biznes kompaniyasi o‘rtasida ikkita muqobil ko‘rinishda Oracle ma’lumotlar bazasini boshqarish sanoat tizimi negizida Markaziy bank hududiy hisob-kitob markazlarining avtomatlashtirilgan axborot tizimi uchun dasturiy komplekslar va hisoblarning yangi rejasi bo‘yicha «Bankning operatsion kuni» dasturiy komplekslarini yaratish to‘g‘risida shartnoma imzolandi.

Deyarli bir yil ichida Fido-Biznes 1997 yil 17 aprelda respublikaning aksariyat tijorat banklarida joriy etilgan avtomatlashtirilgan bank tizimini (ABT) ishlab chiqdi. Bu mamlakat bank sektorida raqamli davrning boshlanishi bo‘ldi.

Ahamiyatga molik voqea va loyihalar

90-yillar oxirida Fido-Biznes kompaniyasi mamlakatdagi ilk ayirboshlash shahobchalarini ishga tushirishda qatnashdi.

2000 yilda «ingichka» mijoz arxitekturasiga o‘tishga qaror qilindi. Bunday arxitekturaning o‘ziga xos xususiyati foydalanuvchi interfeysining terminal rejimidan foydalanishdir. Kelajakda bu kompaniyaning muvaffaqiyati va jadal rivojlanishiga turtki berdi.

2001 yilda integratsiyalashgan avtomatlashtirilgan bank tizimining (IABT) birinchi versiyasi bozorga chiqarilib, u ko‘p tarmoqli bank uchun yagona axborot maydonini taqdim etdi. Bu versiya real vaqt rejimida markazlashtirilgan axborotni qayta ishlash prinsipi asosida ishlaydi.

Bugungi kunga kelib IABTning yettinchi versiyasi chiqarilgan. U banklarga yagona mijozlar bazasini yaratish va kunu-tun ishlashga imkon beradi. Dastur tijorat banklarining yagona xalqaro moliyaviy hisobotga o‘tishini ta’minladi. IABTdan respublikaning 15 ta bank muassasalarida foydalaniladi.

Fido-Biznes banklarni raqamlashtirishda ishtirok etishdan tashqari, ijtimoiy loyihalarda ham o‘zini ko‘rsata oldi. 2007 yilda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ko‘magida aholiga pensiya va nafaqalar berilishini hisoblash va nazorat qilish uchun mo‘ljallangan «Pensiya» axborot tizimini ishlab chiqildi. Shuningdek, hamkorlikda keyinchalik butun respublika bo‘ylab tatbiq etilgan shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlari tizimi ham ishlab chiqildi.

2010 yilda Energetika vazirligi uchun iste’molchilarga elektr energiyasini yetkazib berish va hisoblash uchun dasturiy ta’minotni ishlab chiqish boshlandi. Dasturiy ta’minot hali ham Energetika vazirligi tomonidan qo‘llaniladi va taqdim etilgan elektr energiyasini hisobga olish va hisoblash, to‘lovlarni qabul qilish, iste’molchilarga ma’lumot berish, arizalarni qabul qilish va bajarilishini nazorat qilish va shu kabi boshqa xizmatlarni onlayn tarzda bajarishga yordam beradi. Bugungi kunda dasturiy ta’minot majmuasi mamlakatimizda 8 mln yaqin elektr energiyasi iste’molchilariga xizmat ko‘rsatmoqda, ulardan 7,6 mlndan ortig‘i jismoniy va yarim millionga yaqini yuridik shaxslardir.

2010 yilning o‘zida Yeast Telecom telekommunikatsiya kompaniyasi uchun hisob-kitob tizimi joriy etildi, hozirgi vaqtda u ko‘plab abonentlarga ega va o‘z aloqa kanallari uzunligi bo‘yicha respublikada ikkinchi o‘rinda turadi. Tizim telekommunikatsiya kompaniyasining aksariyat biznes-jarayonlarini avtomatlashtirishga va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashga yordam berdi.

Bundan tashqari, 2010−2015 yillarda Fido-Biznes biometrik pasport berish jarayonlarini avtomatlashtirishda ishtirok etdi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazining avtomatlashtirilgan axborot tizimini, shuningdek, 2020 yil boshida xorijiy pasport berish tizimini ishlab chiqdi.

2020 yil noyabr oyida Fido-Biznes o‘z ofisida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston delegatsiyalari vakillarini qabul qildi. Uchrashuv USAID tomonidan tashkil etilib, energetika sohasini avtomatlashtirishga qaratildi. Qo‘shni davlatlar delegatsiyalari vakillari energetika sohasidagi dasturiy ta’minotimizga qiziqish bildirishdi. Yaqin kelajakda kompaniya ushbu mahsulotni respublikadan tashqariga olib chiqishni rejalashtirmoqda.

Global raqamlashtirish davridagi dolzarb trendlar

Kompaniyaning asoschisi texnologiya bozorida mavjud bo‘lgan uchta asosiy tendensiyalarda to‘xtab o‘tdi. Bugungi kunda mijoz xizmatlardan taqdim etuvchi tashkilotga tashrif buyurmasdan foydalanishni xohlaydi, ya’ni jarayon tobora ko‘proq onlayn shaklga o‘tmoqda. Bu esa raqamli xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot, masalan, bank o‘zining ham, mijozining ham barcha maxfiy ma’lumotlarini himoya qilishi kerakligini anglatadi. Shuning uchun bugungi kunda asosiy tendensiya raqamli xavfsizlik, shu jumladan shaxsiy ma’lumotlarning himoyasini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni kuchaytirishdir.

Keyingi tendensiya — bu o‘zaro faoliyat olib borish uchun platforma. Agar avvallari dasturiy ta’minot ma’lum bir DBMS yordamida ma’lum bir operatsion tizim uchun yaratilgan bo‘lsa, bugungi kunda bizning vazifamiz — mijozning platformani tanlashda mustaqilligini va apparat, tizim yoki dasturiy ta’minot yetkazib beruvchisidan qat’i nazar, yechimlarimizdan qulay foydalanish imkoniyatini ta’minlashdir.

Yana bir muhim band — sun’iy intellektdan foydalanish. Ko‘pincha bugungi kunda bu biometrik ma’lumotlarni masofadan aniqlash va tahlil qilishdir. Masalan, bu barmoq izi ko‘rinishidagi biometrik kalitlar, yuzni aniqlash, liveness detection yechimlari: mijozning haqiqatan mavjudligini tekshirish.

Fido-Biznes`ning yechimlarining afzalliklari

Fido-Biznes`ning asoschisi Tal’at Dadajonovning so‘zlariga ko‘ra, kompaniyaning asosiy ustunligi — 30 yillik tajriba va erishgan mijozlarning ishonchidir.

«Bundan tashqari, dasturiy ta’minotimiz aksariyat tijorat banklari, davlat tashkilotlari, sanoat va boshqa tashkilotlar tomonidan muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda. Bunda aksariyat axborot tizimlari o‘zaro integratsiya qilingan, narx esa xorijiy ishlab chiquvchilarning mahsulotlari narxiga ko‘ra yurtimizdagi buyurtmachilar uchun hamyonbop hisoblanadi. Biz mijozlarimiz uchun juda ko‘p qulayliklar yaratdik va mijoz nimani xohlashini va qanday imkoniyatlarga ega ekanligini yaxshi anglaymiz», — dedi Tal’at Dadajonov.

Kompaniyaning kelajakdagi rejalari

Fido-Biznes qo‘shni bozorlarga chiqishni rejalashtirmoqda va kompaniya jamoasi hozir bu borada qattiq ishlayapti. Doimo xodimlarni malaksi oshirilmoqda, shu jumladan ular rus va ingliz tillarini o‘rganmoqda. Kompaniya talabalarni jalb qilib, ularga ish o‘rgatadi va maqul bo‘lganlarni olib qoladi.

Hozirgi vaqtda kompaniya yirik xorijiy energetika kompaniyalari bilan muzokaralar olib bormoqda. Gruziya va Tojikiston kompaniyalari bilan ham hamkorlik o‘rnatilmoqda.

Reklama huquqlari asosida.