Hafta davomida o‘rtacha issiq havo kuzatiladi

21−25-avgust kunlari O‘zbekistonda havo harorati kechalari +18…+23 daraja, kunduzi +34…+39 daraja bo‘ladi. Juma kuni Volgabo‘yi hududlaridan salqin havo massasi kirib kela boshlaydi.

O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayramida ketma-ket 3 kun dam oladi

O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayrami munosabati bilan ketma-ket 3 kun — 1−3-sentabr kunlari dam oladi. 4-sentabrdan esa barcha yana ishga qaytadi.

O‘zbekiston Xitoyga gaz yetkazib berish hajmini oshirdi

O‘zbekiston iyul oyida Xitoyga tabiiy gaz eksportini oshirdi. Qiymat bo‘yicha yetkazib berish hajmi 91,4 mln dollarga o‘sdi, bu iyun oyiga nisbatan 7,2 foizga ko‘p.

“O‘zbekneftgaz” 2023-yilda 32,3 mlrd kub metr gaz qazib olishni rejalashtirmoqda.

O‘zbekistondagi eng yirik gaz ishlab chiqaruvchi “O‘zbekneftgaz” 2023-yil uchun gaz qazib olish prognozini pasaytirish bo‘yicha o‘z prognozlarini qayta ko‘rib chiqdi. Zaxiralarning qisqarishi hisobiga ishlab chiqarish hajmi 32,3 mlrd kub metrga yetishi kutilmoqda.

“O‘ztransgaz"ga boshqaruv raisi v.v.b. tayinlandi

“O‘zneftgazinspeksiya” rahbari o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Askar Isakov “O‘ztransgaz” boshqaruvi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. “Gazeta.uz"ning aniqlashicha, kompaniyaning avvalgi rahbari Behzot Normatov 6 oycha oldin lavozimini tark etgan, biroq bu haqda rasman xabar berilmagan.

Farg‘onada 20 yoshli kelinchak o‘zini osib o‘ldirgani aytilmoqda. Yaqinlari uning kaltaklanganini bildirdi

O‘zbekiston tumanida turmush qurganiga hali bir oy ham bo‘lmagan 20 yoshli kelinchak o‘zini osib o‘ldirgani aytilmoqda. Marhumaning yaqinlariga ko‘ra, kelinchak turmush o‘rtog‘i kaltaklayotganini aytib, oila a’zolaridan uni olib ketishlarini so‘ragan. Kelinning qarindoshlari o‘lim sababiga shubha bildirmoqda.

“Tapentadol” O‘zbekistonda giyohvandlik vositalari ro‘yxatiga kiritildi

Hukumat og‘riq qoldiruvchi “Tapentadol” dori vositasini O‘zbekistonda muomalasi cheklangan narkotiklar ro‘yxatiga kiritdi. “Gabapentin” esa ushbu sohada nazoratni kuchaytirish uchun TN VED kodlari beriladigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritildi.

Prezident qonunchilikni JST kelishuvlariga uyg‘unlashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlarni tasdiqladi

O‘zbekiston qonunchiligi JST kelishuvlariga muvofiqlashtirilmoqda. Prezident 2025-yildan import dorilar va tibbiy buyumlarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazishda yig‘imlarni bekor qilish, tovarlarni davlat tilida markirovkalash tartibiga o‘zgartirish kiritish va boshqalarni nazarda tutuvchi farmonni imzoladi.

31 ta yirik davlat korxonasi aksiyalari yana Iqtisodiyot va moliya vazirligi balansiga qaytarildi

Mart oyida Strategik islohotlar agentligi 2023−2025-yillarda isloh qilish va ish samaradorligini oshirish rejalashtirilgan 31 ta davlat ulushi bo‘lgan korxona aksiyalarini o‘z balansiga olgan edi. Ushbu kompaniyalar va yana 9 ta bankdagi ulushlar Iqtisodiyot va Moliya vazirligi boshqaruviga qaytarildi.

Shavkat Mirziyoyev 22-avgust kuni Ozarbayjonga boradi

O‘zbekiston prezidenti 22−23-avgust kunlari davlat tashrifi bilan Ozarbayjonda bo‘ladi. Muzokaralar yakunida ikki tomonlama bitimlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

O‘zbekistonlik erkak Janubiy Koreyadagi terror tashkilotni moliyalashtirishda gumonlanmoqda

Janubiy Koreyada 29 yoshli o‘zbekistonlik erkak “Imom al-Buxoriy katibasi” terrorchilik tashkiloti bilan aloqa o‘rnatib, uni moliyalashtirib kelganlikda gumon qilinmoqda. IIV tergov harakatlarini olib bormoqda.

O‘zbekistondan Vengriyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

20-avgustdan O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida haftada bir marotaba amalga oshiriladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi. Toshkent — Budapesht yo‘nalishidagi reyslar Airbus A-320 havo kemasida bajariladi.

Yil boshidan beri xotin-qizlarga 335,5 mlrd so‘m foizsiz ta’lim krediti ajratildi

2023-yilning o‘tgan davrida magistraturada o‘qiydigan 14,1 ming nafar xotin-qizning to‘lov-shartnomasi uchun 85,1 mlrd so‘m to‘lab berildi. 36 mingdan ziyod talaba xotin-qizga 335,5 mlrd so‘m foizsiz ta’lim krediti ajratildi.