22-avgust sanasida O‘zbekistonda 2023−2024-o‘quv yili uchun OTMga qabulning yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bu haqda yarim tun soat 00:05da e’lon berdi.

Abituriyentlar tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.

  1. my.uzbmb.uz sayti orqali: my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
  2. mandat.uzbmb.uz sayti orqali: mandat.uzbmb.uz saytining “Bakalavr-2023” bo‘limiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
  3. SMS xabarnoma xizmati orqali: 5100 raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).
  4. Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):
    @edtmmandatbot
    @edtm_mandat1bot
    @edtmmandat2bot
    @edtmmandat3bot
    @edtmmandat4bot
  5. QR-kod orqali: Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.
  6. Test natijalari qaydnomasi orqali: shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

Saytda natijalar:

  • yashil rang bo‘lsa — davlat granti;
  • sariq rang bo‘lsa — to‘lov-kontrakt;
  • qizil rang bo‘lsa — talabalikka tavsiya etilmagan bo‘ladi.