Shavkat Mirziyoyevning “2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmonidagi qo‘shimcha dam olish kuni hisobiga o‘zbekistonliklar Mustaqillik bayramida ketma-ket 3 kun dam olishi mumkin.

  • 1-sentabr, juma — Mustaqillik kuni (Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq ishlanmaydigan bayram kuni);
  • 2-sentabr, shanba — farmon bilan 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
  • 3-sentabr, yakshanba — barcha uchun odatiy dam olish kuni.

4-sentabrdan esa barcha yana to‘liq ishga qaytadi.

31-avgust, payshanba kuni xodimlar ishdan 1 soat vaqtli ketishlari mumkin. Chunki Mehnat kodeksining 187-moddasiga binoan ishlanmaydigan bayram kunlari arafasida har kunlik ishning davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Uzbekistan Airways Mustaqillik bayrami munosabati bilan 1-sentabrdan 3-sentabrgacha bo‘lgan barcha mahalliy aviaqatnovlarga 50 foizlik chegirma e’lon qilgan.