Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi (Uzbekistan Airways`ning yagona aksiyadori) qarori bilan kompaniya boshqaruvida qator tayinlovlar amalga oshirildi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Xususan, Sattarov Alisher Abduvoxobovich uch yil muddatga kompaniya boshqaruv raisining transformatsiya, moliyaviy va raqamlashtirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

uzbekistan airways, тайинлов

Foto: Uzbekistan Airways.

Ikramov Shaxzod Ilyasovich uch yil muddatga kompaniya boshqaruv raisining parvoz ishlarini tashkil etish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi.

Yadgarov Shuxratillo Shavkatovich uch yil muddatga kompani boshqaruv raisining tijorat va turizm bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

uzbekistan airways, тайинлов

Foto: Uzbekistan Airways.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning mart oyida Uzbekistan Airways boshqaruv raisi etib Xudaykulov Shuxrat Shavkatovich tayinlangandi. Bunga qadar kompaniyaga O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov rahbarlik qilib kelgan.