21−25-avgust kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet matbuot xizmati xabar berdi.

Faqat dushanba kuni kunduzi respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida ba’zi joylarda va 22−24-avgust kunlari ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Harorat asosan kechalari +18…+23 daraja, kunduzi 21-avgustda +34…+39 daraja, 22−23-avgustda +32…+37 daraja, 24−25-avgustda +34…+39 daraja bo‘ladi.

O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlariga 25-avgust kuni Volgabo‘yi hududlaridan salqin havo massasi tarqala boshlaydi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kunduzgi harorat +30…+35 darajagacha pasayadi.

20-avgustda shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Poytaxtda havo kam bulutli bo‘ladi. Kunduzgi harorat 25-avgustda +37…+39 daraja, 22−25-avgustda +34…+37 daraja bo‘ladi. Harorat kechalari +19…+22 daraja atrofida bo‘ladi.