16-oktabr kuni Toshkentdagi Shimoliy (Markaziy) vokzal o‘z faoliyatini qayta boshlaydi, deb xabar berdi O‘zbekiston transport vazirligi matbuot xizmati.

Yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob”, tezyurar “Sharq”, “Nasaf”, “O‘zbekiston” poyezdlari va “Toshkent — Volgograd — Toshkent” yo‘nalishida harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezdlar yana Markaziy vokzaldan harakatlanadi.

Hozirda Markaziy vokzal va To‘qimachi bekatidan harakatlanayotgan shaharlararo Xojikent, Guliston, Angren, Xovos, Bekobod yo‘nalishlaridagi poyezdlar 16-oktabr sanasidan Toshkent-Janubiy vokzalidan harakatlanadi.

Eslatib o‘tamiz, “To‘kimachi” stansiyasida texnik ishlar olib borilayotgani munosabati bilan 15-sentabrdan boshlab Shimoliy vokzaldan qatnovchi yo‘lovchi poyezdlari poytaxtning Janubiy vokzalidan jo‘nab ketayotgandi.