O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkentdan Tel-Avivga parvozlarini vaqtincha to‘xtatgani haqidagi xabarini o‘zgartirdi.

12-oktabr kuni diplomatik missiya aviakompaniya xavfsizlik nuqtai nazaridan parvozlarni to‘xtatishga qaror qilgani haqida xabar berdi. Oradan ko‘p o‘tmay, xabar o‘chirildi.

Yangi xabarda aytilishicha, aviatashuvchi parvozlarni davom ettirishga qaror qilgan.

Keyingi aviaqatnovlar to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot beriladi, deyiladi xabarda.