Toshkentning Uchtepa tumanida uch nafar quruvchini oqova suvlari uchun mo‘ljallangan chuqurlik qazish vaqtida tuproq bosib qolgani xabar berilgandi. Tuman hokimligi ulardan 2 nafari vafot etganini bildirdi.
Uchtepa tuman hokimining o‘rinbosari Aziz Naimovning ma’lum qilishicha, kollektor qurilishida (kotlovan qazish vaqtida) “Shafoat” mas’uliyati cheklangan jamiyatning 5 nafar xodimi ishlayotgan bo‘lgan.
Ammo tuproq ko‘chishi oqibatida 2 nafar xodim vafot etgan. 1 nafar xodim ayni damda kasalxonada, qolgan 2 nafar ishchilarning ahvoli qoniqarli baholanmoqda.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Ayni damda tuman Ichki ishlar bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza etuvchi idoralar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.