Jamiyat

Toshkent viloyatida ayol sobiq eri uni 5 soat davomida kaltaklaganini aytmoqda
12 oktabr 2023, 14:49

Toshkent viloyatida ayol sobiq eri uni 5 soat davomida kaltaklaganini aytmoqda

Zangiota tumanida ayol sobiq eri uni 5 soat kaltaklab, shifoxonaga keltirgani, holatga mas’ullar e’tibor qaratmaganini aytib, murojaat qildi. Video tarmoqlarda tarqalgach, hokimliklar, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi va IIB vakillari ayol bilan uchrashib, holatni nazoratga oldi. Ayol poytaxtda davolanmoqda.

Avtomobillarga markaziy vokzallarga kirish uchun ruxsat berilishi mumkin
12 oktabr 2023, 13:19

Avtomobillarga markaziy vokzallarga kirish uchun ruxsat berilishi mumkin

Prezident qarori bilan O‘zbekistonda avtomobillarning markaziy vokzallarga kirishiga ruxsat berilish mumkin. Stansiyalar hududida savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari ham tashkil etiladi.

Toshkentda YTHga sababchi bo‘lgan 18 yoshli Equinox haydovchisi faqat jarima bilan qutildi
12 oktabr 2023, 12:21

Toshkentda YTHga sababchi bo‘lgan 18 yoshli Equinox haydovchisi faqat jarima bilan qutildi

Rulda ketayotganini videoga olib, svetoforda Nexia-3 bilan to‘qnashgan Equinox haydovchisi haydovchilik guvohnomasi yo‘qligi va yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun atigi 1 mln 650 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi. Sud Nexia-3 haydovchisiga ham guvohnomasi yo‘qligi uchun xuddi shu miqdorda jarima soldi.

Toshkentda fuqaro qalbaki 40 mln so‘mni 18 mln so‘mga sotganlikda gumonlanib ushlandi
12 oktabr 2023, 11:21

Toshkentda fuqaro qalbaki 40 mln so‘mni 18 mln so‘mga sotganlikda gumonlanib ushlandi

Yashnobod tumanida fuqaro qalbaki 40 mln so‘mni 18 mln so‘mga sotishda gumonlanmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

HONOR O‘zbekistonda o‘ziga xos ovozga ega elchi qidirmoqda
12 oktabr 2023, 11:00

HONOR O‘zbekistonda o‘ziga xos ovozga ega elchi qidirmoqda

Brend mamlakatning barcha aholisi uchun tanlov e’lon qildi, unda har bir kishi o‘z omadini sinab ko‘rishi va nafaqat O‘zbekiston fuqarolari orasida shuhrat qozonishi, balki texnologik gadjetlarni ham qo‘lga kiritishi mumkin.

Toshkent metrosidan foydalanishning yangilangan qoidalari tasdiqlandi
12 oktabr 2023, 10:54

Toshkent metrosidan foydalanishning yangilangan qoidalari tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi Toshkent metropolitenidan foydalanishning yangi qoidalarini tasdiqladi. Metroda elektron sigaretalar, nosvoy chekish, akrobatika hamda sport mashqlarini bajarish, poyabzalsiz va kiyimsiz yurish taqiqlanadi. Metroga velosiped va samokatda kirish ham taqiqlandi.

O‘zbekiston is gaziga qarshi kurash jamiyati nega ro‘yxatdan o‘tkazilmayapti?
12 oktabr 2023, 10:42

O‘zbekiston is gaziga qarshi kurash jamiyati nega ro‘yxatdan o‘tkazilmayapti?

“O‘zbekiston is gaziga qarshi kurash jamiyati” uch yildan ortiq vaqtdan beri NNT sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha rad javobini olib kelmoqda. “Gazeta.uz” kolumnisti Dilmurod Yusupov 12 ta javob xatini o‘rganib chiqib, NNTlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq muammolar hali ham tizimli ekanini ta’kidladi.

Uzbekistan Airways Isroilga parvozlarni davom ettiradi — elchixona
12 oktabr 2023, 09:13

Uzbekistan Airways Isroilga parvozlarni davom ettiradi — elchixona

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkentdan Tel-Avivga parvozlarni davom ettirmoqda, deb xabar qildi O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi.

11-oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
11 oktabr 2023, 22:00

11-oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

OTBdan elektromobillarni ommalashtirish uchun $170 mln, Toshkentda tuproq bosib qolib vafot etgan 2 quruvchi, metropolitendagi uzilishlar sababi, $75 mingga sotilgan eng qimmat avtoraqam, Andijon davlat universitetidagi 39,3 mlrd so‘mlik talon-toroj va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.

O‘zbekistonda eng qimmat avtoraqam qariyb 75 ming dollarga sotildi
11 oktabr 2023, 20:54

O‘zbekistonda eng qimmat avtoraqam qariyb 75 ming dollarga sotildi

01 777 RRR avtomobil raqami kimoshdi savdosida 894 mln so‘mga sotilib, O‘zbekistonda yuridik shaxslar uchun eng qimmat “chiroyli” raqam bo‘ldi. Bir yarim soatlik savdoda narx 3 barobarga oshdi.

Total va jazolanmayotgan plagiat O‘zbekiston ilm-fanini sharmanda qilib, tanazzulga yetaklamoqda
11 oktabr 2023, 19:43 1

Total va jazolanmayotgan plagiat O‘zbekiston ilm-fanini sharmanda qilib, tanazzulga yetaklamoqda

“Gazeta.uz”da e’lon qilingan maqolasi boshqalar tomonidan bir necha bor o‘zlashtirilib, ular nomidan hatto ilmiy nashrlarda ham e’lon qilingan professor Mavluda Abbosova-Yusupovaning yozishicha, jazosizlik sabab “gullab-yashnayotgan” plagiat O‘zbekiston ilm-fani nufuziga katta ziyon yetkazmoqda.

Toshkentda tuproq bosib qolgan 5 nafar quruvchidan 2 nafari halok bo‘ldi
11 oktabr 2023, 17:59

Toshkentda tuproq bosib qolgan 5 nafar quruvchidan 2 nafari halok bo‘ldi

Uchtepa tuman hokimligi kollektor qurilishida 5 nafar xodimni tuproq bosib qolganini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, ulardan 2 nafari vafot etdi, 1 nafari kasalxonada, qolganlarning ahvoli qoniqarli baholanmoqda.

Toshkent metropoliteni tig‘iz vaqtlarda to‘lib kelgan vagonga chiqmay, keyingisini kutishni iltimos qildi
11 oktabr 2023, 17:56

Toshkent metropoliteni tig‘iz vaqtlarda to‘lib kelgan vagonga chiqmay, keyingisini kutishni iltimos qildi

Toshkent metropoliteni yo‘lovchilar ko‘payib, vagonga ortiqcha yuklama tushayotgani sabab ko‘p buzilish bo‘layotganini aytdi. Bunda to‘lib kelgan vagonga chiqmay, keyingisini kutish tavsiya qilindi. Tiqilinchni kamaytirish uchun yil oxirigacha “Chilonzor” yo‘liga ham 5 vagonli poyezdlarni sinov uchun qo‘yish reja qilinmoqda.

Toshkentda 3 nafar quruvchini tuproq bosib qolgani aytilmoqda
11 oktabr 2023, 17:25

Toshkentda 3 nafar quruvchini tuproq bosib qolgani aytilmoqda

Toshkentning Uchtepa tumanida uch nafar quruvchini tuproq bosib qolgani aytilmoqda. Ular FVBning 16 nafar qutqaruvchilari tomonidan 2 soatdan buyon qidirilmoqda.

Chilonzor va Uchtepa tumanlarining bir qancha daha va ko‘chalarida 24 soatga issiq suv o‘chadi
11 oktabr 2023, 17:05

Chilonzor va Uchtepa tumanlarining bir qancha daha va ko‘chalarida 24 soatga issiq suv o‘chadi

“Chilonzor” qozonxonasi faoliyatini to‘xtatishi sabab Chilonzor va Uchtepa tumanlarining bir qancha hududlarida 12-oktabrda issiq suv ta’minoti o‘chiriladi.

Nazir Rajabov 84 yoshida vafot etdi
11 oktabr 2023, 16:46

Nazir Rajabov 84 yoshida vafot etdi

O‘zbekiston SSR Qurilish vazirligi, Namangan va Samarqand viloyatlarini boshqargan Nazir Rajabov 84 yoshida vafot etdi.

O‘zgidromet 9 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfini e’lon qildi
11 oktabr 2023, 15:53

O‘zgidromet 9 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfini e’lon qildi

12−13-oktabr kunlari kuchli yomg‘irlar yog‘ishi kutilayotgani sababli O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin.

Yangihayot tumanidagi ko‘cha va mavzelarga nom berish bo‘yicha takliflar qabul qilinmoqda
11 oktabr 2023, 15:29

Yangihayot tumanidagi ko‘cha va mavzelarga nom berish bo‘yicha takliflar qabul qilinmoqda

Toshkent shahri aholisi 10−17-oktabr kunlari Yangihayot tumanidagi mavze va ko‘chalarni nomlash bo‘yicha takliflarini yo‘llashi mumkin. “Gazeta.uz” avvalroq poytaxtdagi 200 ga yaqin geografik obyektning nomi yo‘qligi haqida yozgandi.

Toshkentda telefonida video olib ketayotgan 18 yoshli Equinox haydovchisi YTH sodir etdi
11 oktabr 2023, 15:19

Toshkentda telefonida video olib ketayotgan 18 yoshli Equinox haydovchisi YTH sodir etdi

Toshkentda 18 yoshli Equinox haydovchisi telefondan foydalanib ketayotganda, svetoforda turgan boshqa mashinaga katta tezlikda borib urildi. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida Nexia-3 haydovchisi va yo‘lovchisi jabrlangan.

Andijon davlat universitetida 39,3 mlrd so‘m naqd pul talon-toroj qilingani aniqlandi
11 oktabr 2023, 11:53

Andijon davlat universitetida 39,3 mlrd so‘m naqd pul talon-toroj qilingani aniqlandi

Andijon davlat universitetida talabalarga ortiqcha stipendiya hisoblash, TTJdan tushgan pullarni o‘zlashtirish va talabalarga hisoblangan rag‘batlantirish mablag‘lari tarqatmaslik yo‘li bilan jami 39,3 mlrd so‘m naqd pul talon-toroj qilingani aniqlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting