10-oktabr kuni 01 777 RRR avtomobil raqami kimoshdi savdosida 893,97 mln so‘mga (Markaziy bankning o‘sha kundagi kursi bo‘yicha 73,27 ming AQSh dollari) sotildi. Bu haqda “Gazeta.uz”ga O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi matbuot xizmati xabar berdi.
Kim oshdi savdosi boshlanganidan so‘ng lot narxi boshlang‘ich 297 mln so‘mdan 3 baravarga oshdi. Bu esa uni O‘zbekistondagi yuridik shaxslar uchun eng qimmat “chiroyli” davlat raqamiga aylantirdi.
Bir yarim soat davom etgan onlayn-auksionda ikki nafar ishtirokchi qatnashdi. Ular jami 49 ta narx taklifini taqdim etdi.
Davlat raqamining yangi egasi 30 kun ichida uni YHXXdan ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
2022-yil may oyida yuridik shaxslar uchun 50 777 ZZZ davlat raqami 669 mln so‘mga sotilgan edi.