Toshkent shahri Yashnobod tumanida qalbaki 40 mln so‘mni 18 mln so‘mga sotayotgan shaxs ushlandi, deya xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Holat departamentning Yashnobod tumani bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan.

E.H. ismli shaxs fuqaro A.D.ga 200 dona 200 ming so‘mlik qalbaki kupyuralarni 18 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan, deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (Falbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Agar gumonlanuvchining aybi sudda isbotini topsa, u 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.