Jamiyat

Toshkentdagi 4 ta tumanning ayrim hududlarida issiq suv va issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi
24 noyabr 2023, 12:40

Toshkentdagi 4 ta tumanning ayrim hududlarida issiq suv va issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi

Toshkentning Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Olmazor va Shayxontohur tumanlaridagi ayrim hududlarida 24-noyabr kuni issiq suv va issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi. Ta’minot 24-noyabr yarim tungacha tiklanishi aytilgan.

Toshkentda avtobusda 9 yoshli qizga shilqimlik qilgan konduktor 5 sutkaga qamaldi
24 noyabr 2023, 11:58

Toshkentda avtobusda 9 yoshli qizga shilqimlik qilgan konduktor 5 sutkaga qamaldi

Toshkentda 115-sonli avtobusning 32 yoshli konduktori 9 yoshli qizga shilqimlik qildi. U qizning qo‘lidan ushlab, bir o‘pishni so‘ragan. Sud erkakka nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinladi.

Jasur Po‘latov Toshkent xalqaro aeroporti direktori v.b. etib tayinlandi
24 noyabr 2023, 11:49

Jasur Po‘latov Toshkent xalqaro aeroporti direktori v.b. etib tayinlandi

Toshkent xalqaro aeroportiga Jasur Po‘latov direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. U bunga qadar Buxoro aeroporti direktori vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi bo‘lib ishlagan.

Dam olish kunlari havo isiydi
24 noyabr 2023, 11:37

Dam olish kunlari havo isiydi

O‘zbekistonda dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat ko‘tarilib, shanba kuni +17…+20, yakshanba kuni +20…+23 darajagacha isiydi. Ba’zi joylarda shamol kuchayishi mumkin.

Oltiariqdagi adirlikda barpo qilingan tokzordan yer olgan aholi nimadan shikoyat qilmoqda?
24 noyabr 2023, 11:01

Oltiariqdagi adirlikda barpo qilingan tokzordan yer olgan aholi nimadan shikoyat qilmoqda?

Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida qariyb 1000 gektar maydonda tokzor barpo etilgan. Undan yer uchastkalarini olgan ayrim aholi suv muammosi va ko‘chatlar qurib ketayotganidan shikoyat qildi. Mas’ullar muammolarda fermerlarning o‘zlarini ayblamoqda.

Bag‘dod tumanida kollej direktorini kaltaklagan hokim o‘rinbosariga hayfsan berildi
24 noyabr 2023, 10:48

Bag‘dod tumanida kollej direktorini kaltaklagan hokim o‘rinbosariga hayfsan berildi

Farg‘onaning Bag‘dod tumanida pedagogika kolleji direktorini 2024-yilgi gazeta va jurnallar obuna rejasini bajarolmagani uchun kaltaklagan hokim o‘rinbosariga hayfsan berildi. Avvalroq Oliy ta’lim vazirligi holatni qoralagandi. Prokuratura surishtiruv ishlarini boshlagan.

Jizzaxda yuk mashinasi temiryo‘l ko‘prigining bir qismini shikastladi
24 noyabr 2023, 09:52

Jizzaxda yuk mashinasi temiryo‘l ko‘prigining bir qismini shikastladi

Zomin tumani va Jizzax shahri o‘rtasida Howo yuk mashinasi temiryo‘l ko‘prigi ostidan o‘tayotganda uning bir qismini shikastladi. Ta’mirlash ishlari yakunlangunicha ko‘prik bir muddatga yopildi. Hozirda poyezdlar ushbu yo‘nalishda harakatini davom ettirmoqda.

Toshkentning Abdulla Qodiriy ko‘chasida harakatlanish qisman cheklandi
24 noyabr 2023, 09:29

Toshkentning Abdulla Qodiriy ko‘chasida harakatlanish qisman cheklandi

Ta’mirlash ishlari sabab poytaxtdagi Abdulla Qodiriy ko‘chasining bir qismida avtomobillar harakati qisman cheklandi. Bunda yo‘lning bir tarafi yopilib, ikkinchi qismida ikki tomonlama harakat yo‘lga qo‘yiladi.

Musulmonlar idorasi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
24 noyabr 2023, 09:10

Musulmonlar idorasi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Toshkent islom instituti rektori, siyosiy fanlar doktori Muhammadolim Muhammadsiddiqov Musulmonlar idorasi raisining yoshlar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Yangi lavozimda u egallab turgan vazifasidan ajralmagan holda faoliyat boshlaydi.

SSV rahbari Toshkentdagi yuqumli kasalliklar shifoxonalari yuklamasini tezda kamaytirish topshirig‘ini berdi
23 noyabr 2023, 19:56

SSV rahbari Toshkentdagi yuqumli kasalliklar shifoxonalari yuklamasini tezda kamaytirish topshirig‘ini berdi

Toshkent shahrida yuqumli kasalliklar ko‘paygani haqidagi xabarlar ortidan SSV rahbari shifoxonalar yuklamasini tezda kamaytirish, “Zangiota-1” shifoxonasida bolalar uchun zaxira o‘rinlar sonini ko‘paytirish, qo‘shimcha transport ajratish, shuningdek, kasalxonaga yotqizishni ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Asl Baraka kompaniyasi kolbasa ishlab chiqarish jarayonini to‘liq namoyish etdi
23 noyabr 2023, 19:00

Asl Baraka kompaniyasi kolbasa ishlab chiqarish jarayonini to‘liq namoyish etdi

Asl Baraka brendi kolbasa mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonida zamonaviy asbob-uskunalarda amalga oshirilishi hamda har bir assortimentga o‘zgacha yondashuvi haqida videorolikni taqdim etdi.

Avtomobil boshqarish ishonchnomasini endi my.gov.uz orqali olish mumkin bo‘ladi
23 noyabr 2023, 17:03

Avtomobil boshqarish ishonchnomasini endi my.gov.uz orqali olish mumkin bo‘ladi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan endi avtomobilni boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani elektron shaklda my.gov.uz orqali rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi.

Asialuxe Travel Pxuket oroliga 9 mln so‘mdan boshlanadigan turlarni taklif qilmoqda
23 noyabr 2023, 17:00

Asialuxe Travel Pxuket oroliga 9 mln so‘mdan boshlanadigan turlarni taklif qilmoqda

Asialuxe Travel milliy turoperatori Pxuketga turlar sotuvi boshlanganini e’lon qildi. Kompaniya 9 mln so‘mdan hamyonbop sayohatlarni taklif etmoqda, orolga birinchi reys esa 1-dekabrga rejalashtirilgan.

Toshkentdan Xo‘jakentga poyezdlar qatnovi qisman tiklandi
23 noyabr 2023, 15:59

Toshkentdan Xo‘jakentga poyezdlar qatnovi qisman tiklandi

23-noyabrdan Toshkentdan Xo‘jakentga va teskari yo‘nalishda elektropoyezdlar harakati qisman tiklandi — ertalab va kechqurun bittadan reys amalga oshiriladi.

Surxondaryo viloyatida tongdan buyon 3-marta zilzila sodir bo‘ldi
23 noyabr 2023, 14:56

Surxondaryo viloyatida tongdan buyon 3-marta zilzila sodir bo‘ldi

Surxondaryo viloyatida 23-noyabr tongidan buyon 3 marta zilzila qayd etildi. Har uchala silkinish epitsentri Qumqo‘rg‘on tumaniga to‘g‘ri keldi. Zilzila bu tumanga yaqin hududlarda 2−3 balli darajada sezildi.

O‘zbekistonda ko‘ngillilarga dorilarning klinik sinovida ishtirok etishga ruxsat berildi
23 noyabr 2023, 14:23

O‘zbekistonda ko‘ngillilarga dorilarning klinik sinovida ishtirok etishga ruxsat berildi

O‘zbekistonda jismoniy shaxslar dori vositalarining klinik sinovlarida ixtiyoriy ravishda ishtirok etishlari mumkin bo‘ldi. Tadqiqot rahbari qatnashuvchiga sinovning ehtimoliy xavfi haqida batafsil tushuntirish berishi shart.

Toshkentda mast holda qizini urgan ayol onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin
23 noyabr 2023, 12:39

Toshkentda mast holda qizini urgan ayol onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin

Poytaxtdagi gul do‘konlarining birida 9 yoshda ekani aytilayotgan qizni mast onasi kaltakladi. Holatni bolalar ombudsmani o‘rganmoqda. “Qizcha voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy himoya ko‘rsatish markaziga joylashtirildi. Ayolni onalik huquqidan mahrum qilish masalasi ko‘rilmoqda”, deyiladi ombudsman xabarida.

Toshkentdagi “Chilonzor Oqtepa” arxeologik yodgorligi atrofida nimalar bo‘lmoqda?
23 noyabr 2023, 12:11

Toshkentdagi “Chilonzor Oqtepa” arxeologik yodgorligi atrofida nimalar bo‘lmoqda?

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi “Chilonzor Oqtepa” yodgorligi atrofida qurilish bo‘layotgani haqida xabarlar tarqaldi. Shayxontohur tumani hokimligi u yerda avtoservis qurish uchun ruxsatnoma berilganini ta’kidladi. Madaniy meros agentligi esa yodgorlik atrofi 3D panjara bilan o‘ralayotganini ma’lum qildi.

“Bir yildan beri har lahza bolam bilan qo‘shilib o‘lgandek bo‘laman”. “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 15-noyabrdagi sud tafsilotlari
23 noyabr 2023, 09:12

“Bir yildan beri har lahza bolam bilan qo‘shilib o‘lgandek bo‘laman”. “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 15-noyabrdagi sud tafsilotlari

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 15-noyabrda bo‘lgan sudda Farmagentlikning sudlanayotgan sobiq rahbari Sardor Kariyev o‘zining sobiq o‘rinbosariga: “Sen iflosni deb shu yerda o‘tiribman!”, dedi. Qizi vafot etgan jabrlanuvchilardan biri esa hech kimga da’vosi yo‘qligini va uni ortiq bezovta qilmasliklarini so‘radi.

Qishda Toshkentda energetika inqirozining oldini olish uchun nimalar qilinmoqda? Energetika vaziri javobi
22 noyabr 2023, 23:10

Qishda Toshkentda energetika inqirozining oldini olish uchun nimalar qilinmoqda? Energetika vaziri javobi

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov deputatlarga energetika inqirozining oldini olish uchun Toshkentda qishga tayyorgarlik qanday ketayotganini so‘zlab berdi. Shu maqsadda qozonxonalar ta’mirlanib, yangi podstansiya va elektr liniyalari qurildi, mazut zaxiralari yaratildi va boshqa ishlar bajarildi, dedi u.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting