Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida joylashgan Abdulla Qodiriy ko‘chasi Labzak ko‘chasidan Sharof Rashidov shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismida 24-noyabr 09:00 dan boshlab avtomobillar harakati vaqtincha qisman cheklanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, yo‘lning ushbu qismidata’mirlash ishlari amalga oshiriladi. Ishlar jarayonida yo‘lning bir tarafi yopilib, har ikki yo‘nalishga harakat yo‘lning ikkinchi tarafidan o‘tadi. Ta’mirlash ishlari qachongacha davom etishiga aniqlik kiritilmagan.

“Yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishni iltimos qilamiz”, — deyiladi hokimlik xabarida.