Juma va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘ylab havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xizmati agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Haroratning asta-sekin ko‘tarilishi davom etadi. Juma kuni kunduzi harorat +15…+18 darajagacha ko‘tariladi, shanbaga kelib +17…+20 darajagacha, yakshanba kuni esa +20…+23 darajagacha isiydi. Harorat kechasi +5…+10 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Shamol sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi, bugun kunduzi ba’zi joylarda shamol 15−20 m/s gacha kuchayadi.

Poytaxtda 24−26-noyabr kunlari havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari +7…+9 daraja iliq, kunduzi 24-noyabrda +15…+17 darajagacha, 25-noyabrda +16…+18 daraja, 26-noyabrda +19…+21 daraja atrofida bo‘ladi.