Tailand yuragi bo‘lgan Pxuket orolida Andaman dengizining moviy suvi oppoq qumli plyajlarni erkalaydi, quyosh esa ushbu kurortni ommabop qilgan holda, butun yil davomida porlab turadi. Pxuket istalgan didga mos keladigan turli plyajlarni taklif qiladi: manzarali va sokin buxtalardan boshlab, mahalliy bozorlar va o‘yin-kulgi bilan jonlangan plyajlargacha.

Asialuxe Travel kompaniyasi Pxuketga turlar sotuvi boshlanganini e’lon qildi. Kompaniya Tailandning ekzotik jannatida dam olish haqidagi asosiy savollarga javob berdi: qachon va qay tarzda borgan maqul, viza masalasi, qaysi mehmonxonalarni tanlash va orolda nima bilan shug‘ullanish.

asialuxe travel, реклама

Pxuketga birinchi reys 1-dekabrda amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Parvoz vaqti olti soatdan ozgina ko‘proq. Parvoz dasturi fevral oyining oxirigacha mo‘ljallangan — reyslar haftasiga ikki marta, seshanba va juma kunlari Uzbekistan Airways kompaniyasining qulay avialaynerlarida rejalashtirilgan.

Orolga qachon tashrif buyurgan yaxshiroq

Bu yerdagi ob-havo har qanday sayohatchining orzusidir. Quyosh butun yil davomida porlab turadi, iliq tropik iqlim esa dam olishni yilning istalgan vaqtida yoqimli qiladi.

asialuxe travel, реклама

Plyajdagi tashvishsiz kunlar, shaffof suvda suzish va chiroyli quyosh botishlari unutilmas taassurotlar qoldiradigan sehrli muhitni yaratadi. Shunchaki dam olishni rejalashtirish va uchib ketish mumkin, ob-havo ishonchni oqlaydi.

Viza va kerakli hujjatlar

O‘zbekiston fuqarolari uchib kelgandan so‘ng 15 kunga turistik viza olishlari mumkin.

Sayohat uchun quyidagi hujjatlar kerak bo‘ladi:

  • pasport (rejalashtirilgan safar sanasidan boshlab amal qilish muddati olti oydan kam bo‘lmasligi kerak);
  • 4x6 sm o‘lchamdagi rasm (viza rasmiylashtiriladigan vaqtgacha olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddat ichida olingan bo‘lishi kerak);
  • qaytish chiptasining nusxasi (immigratsion xizmatlar mamlakatdan uchib ketish sanasini tekshirishadi);
  • mehmonxonada yashash uchun vaucher;
  • viza anketasi;
  • bir kishi uchun 2200 bat (taxminan 65 AQSh dollari miqdorida viza boji, to‘lov bat valyutasida amalga oshiriladi).

asialuxe travel, реклама

Mehmonxona yoki gestxauslar

Pxuketdagi mehmonxonalar joylashuvning keng tanlovini taklif qiladi: chiroyli manzaraga ega hashamatli kurortlardan boshlab, hamyonbop va shinam gestxauslargacha. Ajoyib spa-markazlari, mahalliy taomlar va an’anaviy taycha massaj dam olishini yanada yoqimli qiladi.

Sokin va tinch dam olishni xohlaydiganlar ovqatlanish va barcha sharoitlarga ega rezort-mehmonxonalarni tanlashashlari mumkin. Orol bilan yaqindan tanishishni va uni zabt etishni istaydiganlar esa odatda nonushtalar bazasidagi gestxaus va mehmonxonalarni ma’qul ko‘rishadi.

asialuxe travel, реклама

“Halol” konsepsiyasi asosida dam olish

Orolda Muslim-mehmonxona talablariga to‘liq javob beradigan mehmonxona yo‘q. Lekin, alkogolsiz restoran va xonalar, halol go‘shtdan taomlar va to‘liq halol ovqatlanish, sodda cho‘milish kiyimiga ruxsat berilgan, sokin va yopiq zonalari mavjud bo‘lgan Halal-friendly mehmonxonalar taklif qilinadi.

Shunday mehmonxonalarning ayrimlari:

  • The Pavilions Phuket;
  • Sri Panwa Phuket;
  • The Andaman Beach Hotel Phuket Patong.

Ko‘ngilochar mashg‘ulotlar

asialuxe travel, реклама

Pxuketni sarguzasht va ochiq havoda dam olishni yaxshi ko‘radiganlar uchun jannat deb aytish mumkin.

Filda yurish, suv osti dunyosi bilan tanishish, Khao Sok bog‘ida sayr qilish, shoping, butun dunyoga mashhur taycha massaj, Phi Phi, James Bond va boshqa orollarning noyob joylariga tashrif buyurish — bular sizni kutayotgan mashg‘ulotlarning kichik bir qismi.

Turlar narxlari

Milliy turoperator narxiga barcha xarajatlar kiritilgan tayyor turistik to‘plamlarni tanlashni taklif qiladi. Bular:

  • Besh yulduzli Stay Well Being & Lifestyle Resort — 15,5 mln so‘mdan boshlab;
  • Besh yulduzli Pullman Phuket Panwa Beach Resort — 14,7 mln so‘mdan boshlab;
  • Besh yulduzli Island Escape By Burasari — 13,5 mln so‘mdan boshlab;
  • Besh yulduzli Crowne Plaza Phuket Panwa Beach — 12,2 mln so‘mdan boshlab;
  • To‘rt yulduzli Andamatra Resort & Villa Phuket — 11,1 mln so‘mdan boshlab;
  • To‘rt yulduzli Sunset Beach Resosrt — 10,2 mln so‘mdan boshlab;
  • To‘rt yulduzli Oakwood Hotel Journey Hub Phuket — 9,8 mln so‘mdan boshlab;
  • Uch yulduzli 77 Patong Hotel & Spa — 9,7 mln so‘mdan boshlab;
  • Uch yulduzli Sun Shine Patong — 9,5 mln so‘mdan boshlab;
  • Uch yulduzli Bel Aire Patong Resort — 9 mln so‘mdan boshlab;

Narxga Uzbekistan Airways samolyotlari qanotlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvoz, aeroport-mehmonxona-aeroport bo‘yicha transfer, mehmonxonada yashash, mehmonxona konsepsiyasi bo‘yicha ovqatlanish va tibbiy sug‘urta kiradi.

Narxlar ikki kishilik joylashuv sharti bilan bir nafar balog‘at yoshiga yetgan kishi uchun ko‘rsatilgan va e’lon qo‘yilgan vaqtda aktual hisoblanadi.

Pxuket plyajda sokin dam olishni xush ko‘ruvchilardan boshlab, vaqtni faol o‘tkazish ishqibozlarigacha barchani taklif qiladi. Oilalar bu yerda bolalar uchun qiziqarli mashg‘ulotlar, juftliklar romantik xotiralarni yaratish, suvdagi sarguzashtlarni yaxshi ko‘radiganlar esa dayving, snorkeling va syorfing uchun mavjud bo‘lgan imkoniyatlardan xursand bo‘lishadi.

Telefonlar: (+998) 71−211−22−22, (+998) 71−201−77−77.

Sayt: asialuxe.uz
Facebook: fb.com/asia.luxe.travel
Instagram @asialuxe.travel
Telegram: t.me/Asialuxe
Telegram-kanaldagi qaynoq turlar: t.me/asialuxehottours

Reklama huquqlari asosida.