Jamiyat

O‘zbekiston sellerlar assotsiatsiyasi va Uzum Market tadbirkorlar uchun forum o‘tkazadi
14 fevral 2024, 19:00

O‘zbekiston sellerlar assotsiatsiyasi va Uzum Market tadbirkorlar uchun forum o‘tkazadi

Uzum Market va O‘zbekiston sellerlar assotsiatsiyasi tomonidan “2024-trendlari” forumi tashkil qilinib, unda soha mutahassislari biznesni rivojlantirish bo‘yicha tajribalari bilan bo‘lishadilar.

“Bosqinchimi yo ahmoq, o‘zlari hal qilsin” — Sherzodxon Qudratxo‘ja
14 fevral 2024, 18:17

“Bosqinchimi yo ahmoq, o‘zlari hal qilsin” — Sherzodxon Qudratxo‘ja

Sherzodxon Qudratxo‘jaga ko‘ra, O‘zbekistonda yashab, o‘zbek tilini bilmaydiganlar “bosqinchi” yoki “ahmoq” ekanini o‘zlari hal qilishi kerak. Shuningdek, u rossiyalik siyosatchilarning bayonotlariga jim turish mumkin emasligini aytdi. “Rossotrudnichestvo” u va uning tuzilmalari bilan aloqalarni uzishini bildirdi.

Paxta maydonlarining har gektariga 1 mln so‘mdan subsidiya beriladi
14 fevral 2024, 17:54

Paxta maydonlarining har gektariga 1 mln so‘mdan subsidiya beriladi

Yerdan paxta hosili uchun foydalanadigan klasterlarga har bir gektar maydonga 1 mln so‘mdan subsidiya ajratiladi. Subsidiyaning 70 foizi 2024-yilda ajratiladi. Hosildorlik oldingi mavsumga nisbatan o‘rtacha 10 foizga oshsa, 2025-yilda pulning qolgan 30 foizi beriladi. Bu haqda prezident qarori chiqdi.

Toshkentda elektrobus ishtirokida YTH bo‘ldi
14 fevral 2024, 16:44

Toshkentda elektrobus ishtirokida YTH bo‘ldi

Yunusobod tumanida Cobalt 89-sonli elektrobusga to‘qnashishi oqibatida YTH sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q, elektrobus yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishda davom etmoqda, deya qayd etdi “Toshshahartransxizmat”.

Deputatlar yo‘l harakati bilan bog‘liq yana bir qonun loyihasini qabul qilmadi
14 fevral 2024, 16:40

Deputatlar yo‘l harakati bilan bog‘liq yana bir qonun loyihasini qabul qilmadi

Deputatlar kichik quvvatdagi elektr dvigatelli transport vositalaridan noto‘g‘ri foydalanish, uy hayvonlarini yo‘l mintaqasida qarovsiz qoldirganlik va chapga burilish yoki qayrilib olish qoidalarini buzganlik uchun javobgarliklar ko‘zda tutilgan qonun loyihasini qabul qilishmadi. Qonun muhokamasi tafsiloti.

Og‘riqli harflar. 30 yilga cho‘zilgan o‘zbek alifbosi islohoti
14 fevral 2024, 15:15 1

Og‘riqli harflar. 30 yilga cho‘zilgan o‘zbek alifbosi islohoti

O‘zbekiston, 30 yildirki, lotin yozuviga to‘liq o‘tolmaydi. Bir necha harfning yakuniy ko‘rinishi tasdiqlanishi bilan jarayon tugashi kutilyapti. Bu so‘nggi 85 yilda alifbo ko‘rinishining oltinchi o‘zgartirilishi bo‘ladi. “Gazeta.uz” muxbiri Jahongir Azimov cho‘zilib ketgan o‘tishning sabablari va oqibatlarini o‘rgandi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida yangi chegara posti ochiladi
14 fevral 2024, 14:14

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida yangi chegara posti ochiladi

O‘zbekistonning Namangan viloyati va Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida yangi chegara bojxona postlari qurilmoqda. Ular 2024-yilda foydalanishga topshirilishi reja qilingan.

Jamoat transportidagi kamchiliklar uchun javobgarlik, xuddi uning yutuqlaridagi kabi, umumiy bo‘lishi lozim
14 fevral 2024, 11:51

Jamoat transportidagi kamchiliklar uchun javobgarlik, xuddi uning yutuqlaridagi kabi, umumiy bo‘lishi lozim

Toshkent jamoat transportiga joziba qaytdi. Ammo u tirbandliklardan chiqib, ko‘pchilik tanloviga aylanishi uchun nafaqat TSHTX, balki hokimlik, YHXX va deputatlar tomonidan hali ko‘p ish qilish kerak. Sabina Bakayeva JT sohasidagi yutuq va kamchiliklar uchun javobgarlikning bo‘linishi haqida mulohaza yuritadi.

Jizzaxda 42 tup daraxt kesgan fermer xo‘jaligi xodimiga jinoyat ishi ochildi
14 fevral 2024, 11:09

Jizzaxda 42 tup daraxt kesgan fermer xo‘jaligi xodimiga jinoyat ishi ochildi

Paxtakor tumanida fermer xo‘jaligi xodimi 42 tup qayrag‘ochni noqonuniy kesib ketgani aniqlandi. Oqibatda o‘simlik dunyosiga 224 mln so‘mlik zarar yetdi. Fuqaroga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

Issiqlik tariflari joriy isitish mavsumi tugagandan so‘ng oshiriladi — Veolia Energy Tashkent
14 fevral 2024, 10:33

Issiqlik tariflari joriy isitish mavsumi tugagandan so‘ng oshiriladi — Veolia Energy Tashkent

Veolia Energy Tashkent Toshkent shahrida aholi uchun issiqlik ta’minoti va issiq suv ta’minoti xizmatlari tarifi joriy isitish mavsumi tugagandan so‘ng oshirilishini ma’lum qildi. Narxlar 15 foizga oshirilishi kutilmoqda.

Toshkentda aholi uchun issiqlik tariflarini oshirish taklif qilinmoqda
14 fevral 2024, 00:09

Toshkentda aholi uchun issiqlik tariflarini oshirish taklif qilinmoqda

Veolia Energy Tashkent kompaniyasi kengashga Toshkent shahri aholisi uchun issiq suv va issiqlik ta’minoti tarifini 15 foizga oshirishni taklif qildi. Korxona rahbarining aytishicha, hozirda shahar aholisi bazaviy tarifning atigi 14 foizini to‘laydi, qolgani esa shahar budjetidan subsidiya shaklida qoplanadi.

13-fevral kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
13 fevral 2024, 22:39

13-fevral kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Soxta motivatorlarni tartibga solish taklifi, bolasi maktabga bormagani uchun ogohlantirish olayotgan ota-onalar, havo ifloslanishida “aybsiz” bo‘lgan mazut, Minerva city masalasiga to‘xtalgan O‘zLiDeP va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Poytaxt havosi ifloslanishida mazutning zarracha “aybi” yo‘q — Energetika vazirligi
13 fevral 2024, 21:35

Poytaxt havosi ifloslanishida mazutning zarracha “aybi” yo‘q — Energetika vazirligi

Energetika vazirligi issiqlik stansiyalari va issiqlik markazlari mazutdan foydalanishining Toshkentdagi havo ifloslanishi bilan bog‘liqligini rad etdi. Vazirlik Toshkent IESda (ToshGRES) belgilangan texnik ko‘rsatkichlarga mos keladigan filtrlar o‘rnatilganini ma’lum qildi.

Buxoroda jurnalist tanishi tomonidan pichoqlandi
13 fevral 2024, 20:19

Buxoroda jurnalist tanishi tomonidan pichoqlandi

Shofirkonda Taftish.uz internet nashri muxbiri tanishi bilan kelishmovchilik paytida pichoqlandi. Jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizildi, gumonlanuvchiga nisbatan esa jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Deputatlar qoidabuzarlik jarimasi avtomobil egasiga emas, uni boshqargan shaxsga jo‘natilishi haqidagi qonun loyihasini rad etdi. Tafsilotlar
13 fevral 2024, 19:18

Deputatlar qoidabuzarlik jarimasi avtomobil egasiga emas, uni boshqargan shaxsga jo‘natilishi haqidagi qonun loyihasini rad etdi. Tafsilotlar

Yo‘l qoidalari buzilganda, avtomobilning egasi emas, uni boshqargan shaxs (ijaraga berilgan shaxslar, yaqin qarindoshlar va boshqalar) javobgarlikka tortilishi ko‘zda tutilgan qonun loyihasi deputatlar tomonidan rad etildi. O‘zgartirish korrupsiyaga yo‘l ochib berishi ta’kidlandi. Qonun muhokamasi tafsiloti.

Jadidchilik harakati tarixiga bag‘ishlangan “Xotira yo‘lagi” ko‘rgazmasidan reportaj
13 fevral 2024, 18:29

Jadidchilik harakati tarixiga bag‘ishlangan “Xotira yo‘lagi” ko‘rgazmasidan reportaj

Tasviriy san’at galereyasida jadidchilik harakatiga bag‘ishlangan “Xotira yo‘lagi” ko‘rgazmasi ochilgan bo‘lib, u 18-fevralga qadar davom etadi. Unda 42 eksponat namoyishga qo‘yilgan. Eksponatlar orasida Fitrat va Behbudiy tomonidan yozilgan darsliklar, jurnallar va o‘quv qo‘llanmalari ham bor.

Qamchiq dovonida DAF va Isuzu yuk mashinalari to‘qnashishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
13 fevral 2024, 17:54

Qamchiq dovonida DAF va Isuzu yuk mashinalari to‘qnashishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Qamchiq dovonida DAF va Isuzu yuk mashinalari to‘qnashdi. Oqibatda ikkala haydovchi va uch yo‘lovchi voqea joyida vafot etdi. DAF yuk transport vositasiga ortilgan bir qancha yengil avtomobillar pastlikka tushib ketdi.

“Soxta motivator va psixologlar faoliyatini tartibga solish kerak” — deputatlar
13 fevral 2024, 16:53

“Soxta motivator va psixologlar faoliyatini tartibga solish kerak” — deputatlar

Qonunchilik palatasi deputatlari — Shahnoza Xolmaxmatova va Gulruh Agzamova “soxta psixologlar” ko‘payib qolgani, ularga qarshi kurashish zarurligini ta’kidlab, bunday trenerlar faoliyatini tartibga solishga qaratilgan hujjatlarni ishlab chiqish kerakligini bildirdi.

Dars qoldirgan maktab o‘quvchilarining ota-onalariga ogohlantirish xati yuborilmoqda
13 fevral 2024, 16:19

Dars qoldirgan maktab o‘quvchilarining ota-onalariga ogohlantirish xati yuborilmoqda

Maktab darslariga sababsiz qatnashmayotgan bolalarning ota-onalariga ogohlantirish xatlari yuborilmoqda, unda ota-onalar farzandlarining ta’lim olishida javobgar ekani eslatilgan. Ta’lim vazirligi bunday choralarning mohiyatini tushuntirdi.

O‘zbekistonda endi ayollar ham avtobus va yuk mashinasini haydashi mumkin
13 fevral 2024, 15:45

O‘zbekistonda endi ayollar ham avtobus va yuk mashinasini haydashi mumkin

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan ayollarga avtobus va yuk avtomobillarini boshqarishga ruxsat etildi. Qayd etilishicha, zamonaviy avtotransport vositalarining texnik xususiyatlari ayollarga ushbu sohalarda qulay va sog‘liqlariga zararsiz mehnat faoliyatini olib borish imkonini beradi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting