Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida 23-noyabr tongidan buyon 3 marta yer silkinishi qayd etildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qilmoqda.

Markaz soat 14:36 da 3-bor zilzila ro‘y berganini ma’lum qildi. Zilzila koordinatalari: 37,76 gradus shimoliy kenglik; 67,69 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,9. Chuqurlik 10 km. Sezilish kuchi:

  • Qumqo‘rg‘on tumanida 3 ball, 16 km;
  • Sho‘rchi tumanida 2−3 ball, 26 km;
  • Bandixon tumanida 2 ball, 31 km;
  • Jarqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 35 km;
  • Qiziriq tumanida 2 ball, 42 km.

Birinchi silkinish erta tongda — soat 04:28 da qayd etilgan. Magnituda 3,4 ni tashkil etgan. Ikkinchisi esa soat 14:08 da kuzatildi (magnituda — 3,5). E’tiborli jihati, har uchala silkinishning epitsentri Qumqo‘rg‘on tumaniga to‘g‘ri keldi.