Jamiyat

Milliy gvardiya Toshkentda Jah Khalib konsertiga kirishda yuz bergan tiqilinch va tartibsizliklarga izoh berdi
26 noyabr 2023, 23:33

Milliy gvardiya Toshkentda Jah Khalib konsertiga kirishda yuz bergan tiqilinch va tartibsizliklarga izoh berdi

Toshkentda qozog‘istonlik qo‘shiqchi Jah Khalib konserti bo‘lib o‘tgan Humo Arena majmuasiga kirishda tiqilinch va tartibsizliklar yuz berdi. Milliy gvardiya ma’lumotlariga ko‘ra, mingdan ortiq fuqaro skanerlangan chiptalarni takroran taqdim etgani uchun kiritilmagan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Toshkentda aholiga noqulaylik tug‘dirgani aytilayotgan restoran faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
26 noyabr 2023, 13:11

Toshkentda aholiga noqulaylik tug‘dirgani aytilayotgan restoran faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

Toshkent shahri hokimligi aholi Yakkasaroy tumanidagi “Yalpiz” restoranining dudbo‘ronlari, shovqin va hid bo‘yicha shikoyat qilgani uchun oshxona ishi vaqtincha to‘xtatilganini bildirdi. Restoran vakillarining “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, muassasa 3−4 kunga “ta’mirlash ishlari uchun” yopilgan.

Andijonda hokim yordamchisi mahalla faolidan 600 dollar pora so‘ragani aytilmoqda
26 noyabr 2023, 10:37

Andijonda hokim yordamchisi mahalla faolidan 600 dollar pora so‘ragani aytilmoqda

Jalaquduq tumanida hokim yordamchisi xonadonlarga 38,1 tonna ko‘mir ajratib berish uchun mahalla faolidan 600 dollar pora talab qilgani aytilmoqda. U 7 mln so‘mni olayotganda qo‘lga tushgan.

Toshkentda elektrobus va avtobus to‘qnashdi
26 noyabr 2023, 10:26

Toshkentda elektrobus va avtobus to‘qnashdi

Yunusobod tumanidagi bekatlarning birida 51-sonli elektrobus va 2M-sonli King Long avtobusi to‘qnashdi. Yo‘lovchilar orasida jarohat olganlar yo‘qligi va hodisa yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangani xabar qilindi.

7Media kompaniyasi Tehnikum Blogger Awards 2023 strategik Digital-hamkori bo‘ldi
25 noyabr 2023, 19:00

7Media kompaniyasi Tehnikum Blogger Awards 2023 strategik Digital-hamkori bo‘ldi

24-noyabr kuni Tehnikum Blogger Awards 2023 blogerlar taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi, hamda unda 7Media kompaniyasi strategik Digital-hamkor sifatida ishtirok etdi.

Jadidlarning “Messenjerdagi gurungi”: Asrlar eltgon ul bid’at uyqusidin uyg‘oning!
25 noyabr 2023, 18:17

Jadidlarning “Messenjerdagi gurungi”: Asrlar eltgon ul bid’at uyqusidin uyg‘oning!

25-noyabr — Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni. Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik — ko‘hna va katta muammo. Millat og‘riqlari haqidagi mulohazalari asr oshsa hamki o‘z dolzarbligini yo‘qotmayotgan o‘zbek ma’rifatparvarlari messenjerlari zamonida bu mavzuni qanday muhokama qilgan bo‘lardi?

Namanganda 10 oyda 735 ta qizamiq kasalligi tasdiqlandi — SES
25 noyabr 2023, 18:14

Namanganda 10 oyda 735 ta qizamiq kasalligi tasdiqlandi — SES

Sanepidqo‘mita Namangan viloyatida hozirda 255 ta qizamiqqa chalingan bemor davolanayotganini bildirdi. Ularning 62 foizi 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar hisoblanadi. 10 oy davomida viloyat bo‘yicha jami 735 ta qizamiq kasalligi laboratoriya tekshiruvida tasdiqlangan.

Toshkentda “aqlli” bekat va pulli avtoturargohlar sinovdan o‘tkaziladi
25 noyabr 2023, 15:47

Toshkentda “aqlli” bekat va pulli avtoturargohlar sinovdan o‘tkaziladi

Toshkentning Bobur va Furqat ko‘chalarida “aqlli” bekatlar sinovdan o‘tkaziladi. Bekatlar kelayotgan avtobuslarni ko‘rsatuvchi tablo hamda Wi-Fi bilan jihozlanadi. Muqimiy nomidagi teatr oldida avtomobillar uchun pulli, velosipedlar uchun esa bepul to‘xtash joylarini sinovdan o‘tkaziladi.

Nogironligi bo‘lganlarga davlat xizmatlaridan foydalanishda 50 foiz chegirma beriladi
25 noyabr 2023, 13:06

Nogironligi bo‘lganlarga davlat xizmatlaridan foydalanishda 50 foiz chegirma beriladi

Senatda ma’qullangan qonunga ko‘ra, endi nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlaridan foydalanishda 50 foizlik chegirma qo‘llanadi. Qonun bilan Intellektual mulk agentligining vazifalari Adliya vazirligiga yuklatilmoqda.

Toshkentda sovuq suv va oqova narxlari oshdi
25 noyabr 2023, 12:31

Toshkentda sovuq suv va oqova narxlari oshdi

Toshkent shahar Kengashi tomonidan poytaxtda ichimlik (sovuq) suvi ta’minoti tariflari jismoniy shaxslar uchun 1400 so‘m, yuridik shaxslar uchun 3000 so‘mgacha oshirilishi tasdiqlandi.

Nima tayyorlaymiz: Sabzili pishiriqlar
25 noyabr 2023, 10:25

Nima tayyorlaymiz: Sabzili pishiriqlar

Sabzi faqat osh yoki sho‘rvaga emas, pishiriqlarga ham ajoyib ma’za beradi. Sabzi solib maffinlar, pirog, xushbo‘y keks, bodom qo‘shilgan sabzili pechenye hatto tort tayyorlasa bo‘ladi. Zira.uz taqdim etgan retseptlar bilan tanishing.

O‘zbekistonda sharmanda qiladigan uydirmalar bilan bog‘liq huquqbuzarlik uchun ham javobgarlik belgilanmoqda
25 noyabr 2023, 10:03

O‘zbekistonda sharmanda qiladigan uydirmalar bilan bog‘liq huquqbuzarlik uchun ham javobgarlik belgilanmoqda

Senat ma’qullagan qonunga ko‘ra, Jinoyat kodeksida shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalar bilan bog‘liq huquqbuzarlik uchun ham javobgarlik belgilanmoqda. Qonunda IMEI bilan bog‘liq huquqbuzarliklar va kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun tegishli javobgarlik nazarda tutilmoqda.

Buxorodagi bog‘chada 2 yoshli bolani urgan tarbiyachi ishdan olindi
25 noyabr 2023, 09:30

Buxorodagi bog‘chada 2 yoshli bolani urgan tarbiyachi ishdan olindi

Buxorodagi xususiy bog‘cha tarbiyalovchisi 2 yoshli bolani urgani aks etgan video tarqaldi. Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tarbiyalovchi ishdan olinganini ma’lum qildi.

Qashqadaryoda 14 yoshli qiz 7 oy davomida jinsiy qullikda saqlangani aytilmoqda
25 noyabr 2023, 05:17

Qashqadaryoda 14 yoshli qiz 7 oy davomida jinsiy qullikda saqlangani aytilmoqda

Bolalar ombudsmaniga Kitob tumanida yashovchi 14 yoshli qiz Shahrisabz tumanida 7 oy majburan saqlanib, turli shaxslar bilan jinsiy aloqa qilishga yollangani haqida murojaat qilindi. Gumonlanuvchiga nisbatan odam savdosi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari ketmoqda.

Videoreportaj: Nega bolalarning issig‘i 38 darajadan tushmayapti?
24 noyabr 2023, 20:03

Videoreportaj: Nega bolalarning issig‘i 38 darajadan tushmayapti?

Noyabr boshidan beri o‘zbekistonliklar har yilgidan-da kuchliroq shamollashni boshdan kechirmoqda. Ko‘pchilikda bir hil shikoyat — tana harorati 38 darajadan tushmayapti, kuchli yo‘tal, suyaklar og‘rishi, ko‘ngil aynishi, diareya. Ayrimlar buni kovid bilan bog‘lashyapti. “Gazeta.uz"ning navbatdagi videoreportaji shu haqda.

Toshkentda dam olish kunlari qayerlarga borish mumkin? (25−26-noyabr)
24 noyabr 2023, 20:00

Toshkentda dam olish kunlari qayerlarga borish mumkin? (25−26-noyabr)

Uchta kinopremyera, Konsta, Jah Khalib, Nilufar Usmonova konsertlari, ko‘rgazmalar, spektakllar, mahorat darslari, do‘konlardagi aksiya hamda chegirmalar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

Toshkent hokimligi “Buvijonlar maktabi” va “Uch avlod” tadbirlarini o‘tkazishga salkam 12 mlrd so‘m ajratdi
24 noyabr 2023, 17:36

Toshkent hokimligi “Buvijonlar maktabi” va “Uch avlod” tadbirlarini o‘tkazishga salkam 12 mlrd so‘m ajratdi

Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi va poytaxt xalq deputatlari kengashi tomonidan “Nuroniy” jamg‘armasiga har oyda “Otalar choyxonasi”, “Uch avlod uchrashuvi” va “Buvijonlar maktabi” tadbirlarini o‘tkazish uchun jami 11,5 mlrd so‘m ajratildi.

Surxondaryo viloyatida yana zilzila yuz berdi
24 noyabr 2023, 17:00

Surxondaryo viloyatida yana zilzila yuz berdi

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida 3,8 magnitudali yer silkinishi qayd etildi. E’tiborlisi, ayni shu hududda kechadan beri ketma-ket zilzilalar kuzatilmoqda va bu safargisi beshinchisi hisoblanadi.

“Hatto bolalar ovqatlarining ham muddati o‘tgan”. Erkinjon Turdimov — do‘konlardagi muddati o‘tgan mahsulotlar haqida
24 noyabr 2023, 16:41

“Hatto bolalar ovqatlarining ham muddati o‘tgan”. Erkinjon Turdimov — do‘konlardagi muddati o‘tgan mahsulotlar haqida

Samarqand viloyati hokimi do‘konlarida yaroqlilik muddati o‘tgan mahsulotlar sotilayotgani yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Ishchi guruh tomonidan 4 kun davomida 41 ta savdo shoxobchasi tekshirilib, 1736 dona yaroqsiz tovar aniqlangan.

Toshkent metrosida 2 ta bekatning ish tartibi vaqtincha qisqaradi
24 noyabr 2023, 15:00

Toshkent metrosida 2 ta bekatning ish tartibi vaqtincha qisqaradi

25-noyabrdan Toshkent metrosining “Yerusti halqa yo‘li” yo‘nalishidagi “Texnopark” va “Yashnobod” bekatlarining ish vaqti vaqtincha soat 06:00 dan 22:00 gacha qisqartiriladi. “Tuzel"-"Quruvchilar” bekatlari oralig‘ida esa poyezdlar harakati ma’lum soatlarda bir tomonlama tashkil etiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting