Jizzax viloyatida Howo yuk mashinasi Zomin tumani va Jizzax shahri o‘rtasida joylashgan temiryo‘l ko‘prigi ostidan o‘tayotganda uning bir qismini borti bilan shikastladi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi matbuot xizmati xabar qildi.

Voqea Jizzax — Sayxun uchastkasining 3597-kilometrida sodir bo‘lgan. Vaziyatni hal qilish uchun maxsus xizmatlar va mas’ul shaxslar yuborilgan. Xavfsizlik va tiklash ishlari uchun ushbu temiryo‘l ko‘prigi bir muddat yopilgan.

howo, temiryo‘l

Mutaxassislar shikastlangan ko‘prik qismini tiklagan. Hozirgi vaqtda barcha tiklash ishlari yakunlangan va poyezdlar ushbu yo‘nalishda o‘z harakatlarini davom ettirmoqda.

Kompaniya barcha yo‘l harakati qatnashchilarini, ayniqsa, temiryo‘l ko‘priklari va o‘tish joylari yaqinida bunday hodisalarning oldini olish uchun qoidalar va cheklovlarga rioya qilishga chaqirdi.