Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanida pedagogika kolleji direktorini 2024-yilgi gazeta va jurnallar obuna rejasini bajarolmagani uchun kaltaklagan hokim o‘rinbosariga hayfsan intizomiy jazosi berildi. Bu haqda farmoyish tuman hokimi Yusufjon Xusainov tomonidan 22-noyabr kuni imzolandi.

Hokim o‘rinbosari kollej direktorini gazeta va jurnallarga obuna bo‘lish uchun qo‘yilgan qariyb 24 mln so‘mlik rejani bajarmagani uchun kaltaklagandi. Direktor ahvoli og‘irlashgach, shifoxonaga yotqizilgan. Oliy ta’lim vazirligi holatni keskin qoralagan.

бағдод tumanи, kollej директори, obuna, hokim o‘rinbosari, hayfsan

Hujjatga ko‘ra, hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Qahramon Murtazoqulov davlat fuqarolik xizmatchisining odob-axloq qoidalarini “qo‘pol ravishda buzgan”. Unga Mehnat kodeksining 312-moddasiga asosan hayfsan berilgan.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan tuman prokuraturasi tergovga qadar surishtiruv ishlarini olib bormoqda.