Jasur Shuhratovich Po‘latov Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportining direktori vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi, deya xabar bermoqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati.

U mazkur lavozimda 2022-yilning dekabridan buyon ishlab kelayotgan Shukurjon Gaipovning o‘rnini egalladi.

Jasur Po‘latov Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetini tamomlagan. O‘z faoliyatini aviatsiya sohasida “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKda havo tashuvlarini tashkil etish agenti sifatida boshlagan va mazkur lavozimda 2019-yilgacha ishlab kelgan.

Shundan so‘ng mehnat faoliyatini Transport vazirligida davom ettirib, so‘nggi yillarda aeroportlarni rivojlantirish va yerusti ta’minoti boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

U 2023-yilda Uzbekistan Airports kompaniyasiga taklif qilinib, boshqaruv raisining xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlagan. Tayinlovga qadar Buxoro aeroporti direktori vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi bo‘lib ishlagan.