Toshkent shahridagi Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Olmazor va Shayxontohur tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv va issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent xabar qildi.

Qayd etilishicha, issiqlik tarmoqlarida avariyaviy ta’mirlash ishlari olib boriladi va tegishli jihozlar almashtiriladi. Issiq suv va issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladigan hududlar:

Yunusobod tumani: Amir Temur ko‘chasi (1, 2, 2a uylar), Mudofaachilar ko‘chasi (65a, 72-uylar), Niyozbek yo‘li ko‘chasi (1, 16-uylar), Gidrometeorologiya markazi, Markaz-2, Markaz-3, Markaz-5, Markaz-7.

Mirzo Ulug‘bek tumani: Hamid Olimjon maydoni (1b, 2b, 3b, 4b, 5, 7-uylar), Mustaqillik ko‘chasi (22, 42-uylar), Markaz-1, Markaz-21, Markaz-23, Markaz-25.

Issiq suv va issiqlik ta’minoti ta’mirlash ishlari yakunlanishi bilan (taxminan 24-noyabr yarim tungacha) tiklanadi.

Olmazor tumani: Qoraqamish dahasi 2/1, 2/3, 2/4, 2/5.

Shayxontohur tumani: Ibn Sino 1 dahasi.

Issiq suv va issiqlik ta’minoti ta’mirlash ishlari tugallangandan keyin (taxminan soat 21:00 ga qadar) tiklanadi.