23-noyabr kuni Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti rektori, professor Muhammadolim Muhammadsiddiqov Musulmonlar idorasi raisining yoshlar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deya xabar bermoqda idora matbuot xizmati.

Muhammadolim Muhammadsiddiqov Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, Misr Arab Respublikasining Qohira davlat universiteti va Toshkent davlat sharqshunoslik institutini tamomlagan.

U o‘z faoliyati davomida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bo‘lim boshlig‘i, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi prorektori, kafedra mudiri vazifalarida mehnat qilgan.

Siyosiy fanlar doktori (DSc), professor Muhammadolim Muhammadsiddiqov 2023-yil yanvar oyidan hozirga qadar Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti rektori vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda. Yangi lavozimda u egallab turgan vazifasidan ajralmagan holda faoliyat boshlaydi.