Jamiyat

O‘zbekistonda mitinglar o‘tkazish SSSR qonunlari bilan tartibga solinmaydi — adliya vaziri
15 fevral 2021, 19:44

O‘zbekistonda mitinglar o‘tkazish SSSR qonunlari bilan tartibga solinmaydi — adliya vaziri

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov O‘zbekistonda yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari va namoyishlarni tashkil etish SSSR Oliy Kengashi Prezidiumi farmoni bilan tartibga solinishi haqidagi ma’lumotlarni rad etdi. Shunga qaramasdan u bu borada qonunbuzarlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik mavjud bo‘lsa-da, mitinglarni tashkil etish tartibi belgilanmaganini tan oldi.

Ekologiya qo‘mitasi: «Bunyod Abdullayevning vajlari haqiqatga mos kelmaydi»
15 fevral 2021, 16:21

Ekologiya qo‘mitasi: «Bunyod Abdullayevning vajlari haqiqatga mos kelmaydi»

Ekologiya davlat qo‘mitasi ishdan bo‘shagan sobiq matbuot kotibi Bunyod Abdullayev bo‘yicha rasmiy munosabat bildirib, uning «vajlari haqiqatga mos kelmasligini» aytmoqda. Qo‘mita Abdullayevga bosim o‘tkazilgani hujjatli asosga ega emasligini ta’kidlagan. Bayonotda sobiq matbuot kotibining yig‘ilishdan chiqib ketganligi «qonun buzilishi» deb hisoblanishi qayd etilgan.

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash mart oyining birinchi yarmida boshlanadi
15 fevral 2021, 15:53

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash mart oyining birinchi yarmida boshlanadi

Sanitariya-epidemiologiya xizmati O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash jarayoni mart oyining birinchi yarmida boshlanishini ma’lum qildi. Birinchi bo‘lib xavf guruhiga kiruvchi aholi emlanadi. Sanitariya xizmati vaksina ishlab chiqaruvchi 12 ta korxona bilan muzokara olib borayotganligini ham aytgan.

Toshkentda 3 ta «Cobalt» ishtirokida YTH ro‘y berdi
15 fevral 2021, 15:50

Toshkentda 3 ta «Cobalt» ishtirokida YTH ro‘y berdi

Poytaxtda haydovchilik guvoxnomasiga ega bo‘lmagan fuqaro mashinada boshqaruvni yo‘qotib, 2 ta «Cobalt» ga urilgan. To‘qnashuv natijasida bir nafar piyoda jarohat oldi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining raisi saylandi
15 fevral 2021, 15:41

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining raisi saylandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining sessiyasida Gulnara Bazarbayeva Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining raisi etib saylandi.

Hafta oxirigacha anomal issiq ob-havo kuzatiladi
15 fevral 2021, 14:52

Hafta oxirigacha anomal issiq ob-havo kuzatiladi

O‘zbekistonda kuzatilayotgan anomal ob-havo ish haftasi ohirigacha davom etadi. O‘rtacha havo harorati meteorologik kuzatuv davri uchun shu kunlarning mutlaq qiymatlaridan ko‘p bo‘ladi. Ish haftasining oxiriga kelib, ob-havo sharoiti keskin o‘zgaradi.

Imom Buxoriy majmuasida 8 ming o‘rinli masjid quriladi
15 fevral 2021, 12:17

Imom Buxoriy majmuasida 8 ming o‘rinli masjid quriladi

Imom Buxoriy majmuasini rekonstruksiya qilish bo‘yicha yangi loyihasiga ko‘ra, maqbara yaqinida 8 ming o‘rinli masjid bunyod etilishi rejalashtirilmoqda. Shu bilan birga, majmua atrofida to‘rtta ulkan minora, ichki hamda tashqi ayvonlar barpo etiladi.

Yangi quriladigan uy-joy komplekslari orasida maktab ham qurib beriladi — Sherzod Shermatov
15 fevral 2021, 11:49

Yangi quriladigan uy-joy komplekslari orasida maktab ham qurib beriladi — Sherzod Shermatov

Prezident topshirig‘iga ko‘ra, yangi qurilayotgan uy-joy komplekslari orasida har 1000 ta kvartirali kompleks uchun 1500 o‘rinli davlat maktabi quriladi.

«Snoslar» bo‘yicha eng ko‘p noqonuniy qaror Andijonda, eng ko‘p kompensatsiya to‘lanmagan hudud Toshkent — Bosh prokuratura
15 fevral 2021, 10:51

«Snoslar» bo‘yicha eng ko‘p noqonuniy qaror Andijonda, eng ko‘p kompensatsiya to‘lanmagan hudud Toshkent — Bosh prokuratura

«Snos» lar bo‘yicha eng ko‘p noqonuniy qarorlar, jumladan, yer yegasining roziligi olinmasligi holatlari Andijon viloyatida qabul qilingan. Shuningdek, mahalliy hokimlikning hisobidagi jamg‘armada qoldiq mablag‘lar mavjud bo‘lsa-da, Toshkent shahrida 76,4 mlrd so‘m qarzdorlik qoplanmagan.

Farg‘onadagi ko‘p qavatli uylar hovlilarida qurilish ishlari to‘xtiladi
15 fevral 2021, 10:48

Farg‘onadagi ko‘p qavatli uylar hovlilarida qurilish ishlari to‘xtiladi

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov ko‘p qavatli uylarning hovlisida binolar qurish bo‘yicha barcha qarorlarni bekor qilishni va buzilgan bolalar maydonchalarini tiklashni buyurdi. Quruvchilarga boshqa hududlar taklif etilishi ko‘zda tutilmoqda.

Ommaviy tartibsizlikka da’vat qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanishi mumkin
15 fevral 2021, 10:34

Ommaviy tartibsizlikka da’vat qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanishi mumkin

Qonunchilik palatasining ikki partiyasi tomonidan Jinoyat kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks hamda «Axborotlashtirish to‘g‘risida"gi qonunga Ommaviy tartibsizlikka da’vat qilganlik uchun javobgarlik belgilashga oid normalar kiritish birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Tegmanozikning tushi — hajviya
14 fevral 2021, 09:51

Tegmanozikning tushi — hajviya

«Bu balogirlarning burnini suqmagan joyi, tashkiloti, ishi yo‘q. Yuvilmagan qoshiqqa o‘xshab, yo‘q yerdan keladiyu shovqin-suron qilib tashlashadi. Haligi, «Suyunchi»dagi Anzirat xola bor-ku, o‘sha xola hayotda ham bo‘lganida, balogirlarning oldida ip esholmay qolgan bo‘lardi» — Tegmanozik (hajviyadan).

2020 yilda «snos”lar tufayli buzilgan mulklarning 55 foiziga kompensatsiya to‘lanmagan — Bosh prokuratura
13 fevral 2021, 16:07

2020 yilda «snos"lar tufayli buzilgan mulklarning 55 foiziga kompensatsiya to‘lanmagan — Bosh prokuratura

2020 yilda davlat va jamoat ehtiyojlari uchun buzilgan mulklar bo‘yicha yetkazilgan zararlarning 202 mlrd so‘mi yoki 45 foizi mulk egalariga qoplab berilgan.

O‘tkir Jumayev Buxoro shahri hokimi etib tayinlandi
13 fevral 2021, 15:02

O‘tkir Jumayev Buxoro shahri hokimi etib tayinlandi

Buxoro shahar hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelayotgan O‘tkir Jumayev Buxoro shahri hokimi etib tasdiqlandi.

Namanganda avtobusdan tushib ketgan yo‘lovchi vafot etdi
13 fevral 2021, 14:55

Namanganda avtobusdan tushib ketgan yo‘lovchi vafot etdi

Namangan shahrida avtobus haydovchisi bekat oldida yo‘lovchilarni olib, avtobusni eshigini yopmay, harakatni davom ettirgan. Eshiklarni yopgan vaqtida, orqa eshikda turgan yo‘lovchi, eshikka qisilib qolib, yerga yiqilgan va voqea joyida vafot etgan.

Nima tayyorlaymiz: stakandagi desertlar
13 fevral 2021, 10:30

Nima tayyorlaymiz: stakandagi desertlar

Zira.uz porsiyalarga bo‘lingan noodatiy va juda mazali desertlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

O‘zbekistonning bir qancha hududlarida yer qimirladi
12 fevral 2021, 22:54

O‘zbekistonning bir qancha hududlarida yer qimirladi

12-fevral kuni epitsentri Tojikistonda joylashgan zilzila O‘zbekistonning bir qator hududlarida ham sezildi. Jumladan, epitsentrdan 499 km uzoqlikdagi Toshkentda 2−3 ballik silkinish qayd etildi.

«Qiynoqlar aniqlanmayotganiga sabab qamoqxonalardagi tibbiy xodimlar IIVga bo‘ysunadi» — Rasul Kusherbayev
12 fevral 2021, 18:16

«Qiynoqlar aniqlanmayotganiga sabab qamoqxonalardagi tibbiy xodimlar IIVga bo‘ysunadi» — Rasul Kusherbayev

Deputat Rasul Kusherbayev Ombudsmanning 2019 yilgi hisobotida 139 nafar mahbusdan qiynoqlar bilan bog‘liq shikoyat kelganini, lekin ular tasdiqlanmaganini qayd etdi. Bunga «Qamoqxonalardagi tibbiy xizmat IIVga bo‘ysunishi» sabab bo‘layotgani ta’kidlandi. U qamoqxonalardagi tibbiy xizmatni Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufiga o‘tkazish bo‘yicha ombudsmanning o‘tgan yilgi taklifi ochiq qolganini ta’kidladi.

Beruniy tumanida 872,4 mln so‘mlik mineral o‘g‘itlar talon-toroj qilingani aniqlandi
12 fevral 2021, 16:51

Beruniy tumanida 872,4 mln so‘mlik mineral o‘g‘itlar talon-toroj qilingani aniqlandi

«Qoraqalpoqagrokimyohimoya»ning Beruniy tumani filiali mansabdorlari 872,4 mln so‘mlik mineral o‘g‘itlarni talon-toroj qilgani aniqlandi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

IIB odamlar bilan onlayn muloqot qiladigan dastur yaratish kerak — prezident
12 fevral 2021, 15:54

IIB odamlar bilan onlayn muloqot qiladigan dastur yaratish kerak — prezident

Shavkat Mirziyoyev ichki ishlar boshqarmalari odamlar bilan bog‘lanib, muloqot qila oladigan dasturiy ta’minot yaratish kerakligini ta’kidladi. «Hozir hamma telefonda, ijtimoiy tarmoqlarda. Odamlarni ichki ishlar bo‘limiga chaqiradigan yoki qog‘ozdagi murojaatini kutib o‘tiradigan zamon o‘tib bo‘ldi», — dedi prezident.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting