Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya xizmati matbuot xizmati Koronavirusga qarshi kurash shtab ma’lumotiga tayanib, ma’lum qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi davolash profilaktika muassasalari qoshida 3138 ta emlash xonalari va 820 ta mobil brigadalar tashkil etilgan, ular barcha emlash ishlarini jadval va bosqichma-bosqich amalga oshiradi.

«Respublika bo‘yicha xavf guruhiga kiruvchi aholini emlash ishlari yakunlanishi va respublikaga vaksina kelishiga binoan qolgan aholi ham emlanadi», — deyiladi xabarda.

Sanitariya-epidemiologiya xizmati SOVID-19 infeksiyasiga qarshi vaksina ishlab chiqaruvchi 12 ta yetakchi korxonalar bilan ushbu vaksinalarni xarid qilish bo‘yicha muzokaralar olib borayotganligini aytgan.

Oldinroq, koronavirusga qarshi birinchi bo‘lib qaysi aholi toifasi emlanishi haqida ma’lumot berilgan edi.

O‘zbekiston COVAX dasturi doirasida 2,6 mln doza AstraZeneca vaksinasi olishi haqida ham xabar berilgan edi.