14 fevral kuni soat 19:00larda, Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Osiyo ko‘chasida haydovchilik guvohnomasi olmagan M.M. (2003 y.t.) «Cobalt» avtomobilida boshqaruvni yo‘qotishi natijasida YTH ro‘y bergan. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mashina avtobus bekatiga urilib, bekat ortidagi avtoturargohda to‘xtab turgan, haydovchi, F.E.(1986 y.t.)boshqarib kelgan «Cobalt» hamda A.X.(1971 y.t.) boshqarib kelgan yana bir «Cobalt»ga to‘qnashgan.

YTH natijadasida piyoda B.M. tan jarohati olib, birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, hodisa sabablariga aniqlik kiritilmoqda.