Majmuadagi qurilish-obodonlashtirish ishlari jarayonida Imom Buxoriy maqbarasi hozirgi ko‘rinishi saqlangan holda rekonstruksiya qilinadi, деяхабар bermoqda Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Yangi loyihaga asosan, 8 ming o‘rinli masjid qurilib, majmua atrofida to‘rtta ulkan minora va hozirgi ayvonlarga qo‘shimcha ravishda ichki hamda tashqi ayvonlar barpo etiladi.

Mahalliy va xorijlik ziyoratchilarga qulaylik yaratish maqsadida zamonaviy mehmonxonalar, xalqaro andozalarga mos keladigan maishiy xizmat va sanitariya-gigiyena shoxobchalari qurilishi ko‘zda tutilgan.

Majmuada qurilish-bunyodkorlik ishlari jarayonida bu yerdagi tarixiy buloq va bir necha yuz yillik chinor daraxtlariga ziyon yetkazilmay, o‘z holida saqlash uchun barcha zarur choralar ko‘rilishi aytilmoqda.

Qurilish-bunyodkorlik ishlari maxsus tashkil etilgan jamg‘arma mablag‘lari hisobidan tashkil etiladi.