Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining o‘n oltinchi sessiyasida Bazarbayeva Gulnara Jumanazarovna Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining raisi etib saylandi, deya xabar berdi Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati.

U besh yil muddatga Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudiga raislik qiladi.