12-fevral kuni soat 22:01 da epitsentri Tojikistonda joylashgan zilzila O‘zbekistonning bir qator hududlarida ham sezildi.

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, zilzila epitsentridagi magnituda 5,8 ni tashkil etdi. Chuqurlik 87 km. Episentrdan Toshkentgacha masofa janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha 499 kmdan iborat.

Zilzila epitsentridan masofa va O‘zbekiston hududida yer silkinishi kuchi:

  • Toshkent (499 km) — 2−3 ball.
  • Namangan (349 km) — 3 ball.
  • Andijon (306 km) — 3 ball.
  • Farg‘ona (285 km) — 3 ball.
  • Guliston (477 km) — 2 ball.
  • Jizzax (530 km) — 2 ball.
  • Samarqand (585 km) — 2 ball.
  • Termiz (553 km) — 2 ball.
  • Qarshi (671 km) — 2 ball.
  • Navoiy (728 km) — 2 ball.