O‘tkir Hikmatovich Jumayev Buxoro shahri hokimi etib tasdiqlandi, deya xabar berdi Buxoro shahri matbuot xizmati. U Buxoro shahar hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelayotgan edi.

Uning nomzodi shahar kengashi yig‘ilishida shahar faollari tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.

O‘tkir Jumayev 1997 yil Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutini, 2011 yil prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.