Jamiyat

Toshkentda avtobusda ayolga shilqimlik qilgan 26 yoshli erkak 5 sutkaga qamaldi
16 fevral 2024, 11:42

Toshkentda avtobusda ayolga shilqimlik qilgan 26 yoshli erkak 5 sutkaga qamaldi

Toshkent shahrida 69-sonli avtobusda ayolga yaqinlashib, jinsiy a’zosini chiqarib shilqimlik qilgan 26 yoshli erkak 5 sutkaga qamaldi. Ayol suddan ma’naviy zarar uchun 10 million so‘m undirib berishni so‘radi.

Dam olish kunlari ba’zi hududlarda qor yog‘adi
16 fevral 2024, 11:12

Dam olish kunlari ba’zi hududlarda qor yog‘adi

O‘zbekistonda shanba va yakshanba kunlari harorat kechasi −3…−8 darajagacha pasayadi, kunduzi −3…+2 daraja atrofida bo‘ladi. Shimolda esa kechalari −11…−16 daraja sovuq bo‘lishi mumkin. Dam olish kunlari hududlarda asosan qor yog‘ishi, yo‘llarda yaxmalak hosil bo‘lishi kutilmoqda.

Qozog‘istonda yo‘lda qolib ketgan 27 nafar o‘zbekistonlik evakuatsiya qilindi (yangilandi)
16 fevral 2024, 10:38

Qozog‘istonda yo‘lda qolib ketgan 27 nafar o‘zbekistonlik evakuatsiya qilindi (yangilandi)

Qozog‘istonning Aqmola viloyatida sovuq havoda nosoz avtobusda qolib ketgan 27 nafar o‘zbekistonlik, jumladan, 12 nafar bola evakuatsiya qilindi. Avvalroq Kazinform agentligi ularning soni 64 nafar ekani haqida ma’lumot bergandi.

Asl Belgisi super aksiya natijalarini sarhisob qildi
16 fevral 2024, 09:00

Asl Belgisi super aksiya natijalarini sarhisob qildi

Raqamli markirovka tizimi ofisida Asl Belgisi tomonidan o‘tkazilgan super aksiya natijalari e’lon qilindi.

Maktablarga ta’lim, tarbiya va ma’naviyat bo‘yicha yangi muhit olib kirish kerak — prezident
15 fevral 2024, 23:46

Maktablarga ta’lim, tarbiya va ma’naviyat bo‘yicha yangi muhit olib kirish kerak — prezident

Shavkat Mirziyoyev Andijon shahridagi maktab-internatga bordi. U o‘qituvchilar bilan suhbatda yuqori sinf o‘quvchilarini oliygoh dasturlariga tayyorlash, darslarda yoshlar vaqtini ketkazmay, ko‘proq amaliyotga yo‘naltirish kerakligini aytdi.

15-fevral kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
15 fevral 2024, 22:45

15-fevral kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Haydovchilarga murojaat qilgan “Hududgazta'minot”, demokratiya reytingida 1 pog‘ona yuqorilagan O‘zbekiston, korrupsioner sudyalar ko‘rgan ishlarni qayta ko‘rish taklifi, prezidentning Andijonga tashrifi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi
15 fevral 2024, 19:23

O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi

16−22-fevral kunlari O‘zbekistonning tog‘li hududlari, xususan, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Parkent va Ohangaron tumanlarida qor ko‘chkisi bo‘lishi xavfi e’lon qilindi.

Pora bilan qo‘lga tushgan sudya va prokurorlar ko‘rib chiqqan barcha masalalar qayta ko‘rilishi shart — Odiljon Tojiyev
15 fevral 2024, 18:11

Pora bilan qo‘lga tushgan sudya va prokurorlar ko‘rib chiqqan barcha masalalar qayta ko‘rilishi shart — Odiljon Tojiyev

Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, deputat Odiljon Tojiyev pora bilan qo‘lga tushgan sud raisi va prokurorlarning ko‘rib chiqqan barcha materiallari ko‘tarilib, qayta ko‘rib chiqilishi shart ekanini ta’kidladi. So‘nggi vaqtlarda bunday shaxslar pora bilan qo‘lga olinayotgani xabar qilinmoqda.

Farg‘onada daraxtlarni kestirmoqchi bo‘lgan ayol janjal oqibatida vafot etdi
15 fevral 2024, 16:01

Farg‘onada daraxtlarni kestirmoqchi bo‘lgan ayol janjal oqibatida vafot etdi

Farg‘ona shahrida yer maydonidagi teraklarni kestirmoqchi bo‘lgan ayol va yerning sobiq egasi o‘rtasida janjal kelib chiqdi. Oqibatda erkak tosh bilan urishi oqibatida ayol jarohat olib, shifoxonada vafot etdi. Erkak qamoqqa olindi.

Ellikqal’a tumaniga yangi hokim tayinlandi
15 fevral 2024, 15:36

Ellikqal’a tumaniga yangi hokim tayinlandi

Valijan Niyazimbetov Ellikqal’a tumaniga hokim etib tayinlandi. Shu paytga qadar u To‘rtko‘l tumani hokimi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgandi.

Qoraqalpog‘istondagi internatda tarbiyachi 10 yoshli qizning yuziga tarsaki tushirdi
15 fevral 2024, 14:58

Qoraqalpog‘istondagi internatda tarbiyachi 10 yoshli qizning yuziga tarsaki tushirdi

To‘rtko‘l tumanidagi 5-sonli maktab-internatda tarbiyachi 10 yoshli qizning yuziga tarsaki tushirgani aks etgan video tarqaldi. Holat o‘tgan yilning oktabr oyida sodir bo‘lgan. Bolalar ombudsmani tarbiyachi qonun doirasida javobgarlikka tortilishi shartligini bildirdi. Tergovga qadar surishtiruv ishlari ketmoqda.

Havo sovishi sabab gaz “zapravka”larning ish grafigi o‘zgarishi mumkin
15 fevral 2024, 14:42

Havo sovishi sabab gaz “zapravka”larning ish grafigi o‘zgarishi mumkin

O‘zbekistonda 16−18-fevral kunlari havo haroratining keskin pasayishi sabab AGTKSHlar ish grafigiga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. “Hududgazta’minot” haydovchilardan avtomobillarni yonilg‘i bilan to‘ldirib olishni so‘radi.

Toshkentda 110 ming quti tamaki yoqib yuborildi
15 fevral 2024, 14:26

Toshkentda 110 ming quti tamaki yoqib yuborildi

Yangihayot tumanidagi sanoat zonasida noqonuniy muomaladan olib qo‘yilgan 110 ming quti tamaki mahsuloti yoqib yuborish yo‘li bilan yo‘q qilindi. Ma’lum qilinishicha, 2023-yilda ushlab qolingan noqonuniy tamakilar miqdori 2022-yilga nisbatan 3,5 barobarga oshgan.

Toshkentda velosiped va mototransportdan foydalanishni qanday qilib ommalashtirish rejalashtirilmoqda?
15 fevral 2024, 13:10

Toshkentda velosiped va mototransportdan foydalanishni qanday qilib ommalashtirish rejalashtirilmoqda?

Toshkentda velosiped va mototransport vositalarini ommalashtirish maqsadida xavfsiz va qulay yo‘l hamda yo‘laklar qurish, ular uchun alohida svetoforlar, belgilar va yoritish moslamalarini o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Mototransportlarni xarid qilish uchun narxining 25 foizigacha subsidiyalar berilishi ham mumkin.

Toshkentda yo‘lovchi ayolga shilqimlik qilgan taksi haydovchisi 5 sutkaga qamaldi
15 fevral 2024, 12:15

Toshkentda yo‘lovchi ayolga shilqimlik qilgan taksi haydovchisi 5 sutkaga qamaldi

Toshkentda yo‘lovchi ayolning egnidagi libosi haqida gapirib, har xil shahvoniy so‘zlar bilan shilqimlik qilgan taksi haydovchisi va Xorazmda qizga telefon orqali ishqiy munosabatda bo‘lishni taklif etib, shilqimlik qilgan erkakka nisbatan sud hukmlari o‘qildi. Ayblanuvchilarning ikkisi ham 5 sutkaga qamaldi.

Antikorrupsiya agentligi 2023-yilda kimlardan va qanday sovg‘alar olganini e’lon qildi
15 fevral 2024, 11:44

Antikorrupsiya agentligi 2023-yilda kimlardan va qanday sovg‘alar olganini e’lon qildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari 2023-yilda xizmat safarlari, xalqaro va rasmiy tadbirlarda jami 33 mln so‘mlik 26 ta hadya olganini ma’lum qildi. Eng yuqori qiymatli sovg‘alar Qatardagi davlat tashkilotlari tomonidan berilgan.

DXX hududlarda farzandini sotmoqchi bo‘lgan ayollarni qo‘lga oldi
15 fevral 2024, 11:05

DXX hududlarda farzandini sotmoqchi bo‘lgan ayollarni qo‘lga oldi

Guliston shahrida 15 kunlik o‘g‘lini 40 ming dollarga, Termiz tumanida 20 kunlik qizini 25 mln so‘mga, Namangan shahrida 10 yoshli bolasini 18 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayollar ushlandi.

Ekinlarni sovuqdan asrash uchun nima qilish kerak?
15 fevral 2024, 11:02

Ekinlarni sovuqdan asrash uchun nima qilish kerak?

Qishloq xo‘jaligi vazirligi mamlakatga sovuq havo oqimlari kirib kelishi tufayli ekin hamda o‘simliklarni qisqa muddatli qattiq sovuqdan asrash va sovuq kunlardan betalafot o‘tish bo‘yicha maslahat va tavsiyalar berdi.

Shavkat Mirziyoyev Andijonga boradi
15 fevral 2024, 10:22

Shavkat Mirziyoyev Andijonga boradi

Prezident payshanba kuni Andijonga tashrif buyuradi. Davlat rahbari sanoat, qishloq xo‘jaligi, ijtimoiy soha obyektlari va mahallalar hayoti bilan tanishishi reja qilingan.

“Maqsad tanilish edi”. Toshkentda 3 yigit piyodalar o‘tish joyidan stretch plyonkalarga o‘ralgan holda o‘tdi
15 fevral 2024, 10:10

“Maqsad tanilish edi”. Toshkentda 3 yigit piyodalar o‘tish joyidan stretch plyonkalarga o‘ralgan holda o‘tdi

Chilonzor tumanida uch nafar 20 yoshli yigit piyodalar o‘tish joyidan stretch plyonkalarga o‘ralgan holda o‘tgani uchun 10 sutkaga qamaldi. Yigitlar buni shart bajarish sifatida qilgani, shuningdek, internetga chiqib ketish orqali mashhur bo‘lmoqchi bo‘lganini bildirdi. Ularning otalari holat uchun uzr so‘radi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting