Shavkat Mirziyoyev Andijon shahridagi 2-ixtisoslashtirilgan maktab-internatni ko‘zdan kechirdi. Muassasa o‘tgan yili 50 mlrd so‘m davlat budjeti hisobidan qurilgan, deb xabar bermoqda prezident matbuot kotibi.

Ta’kidlanishicha, 504 o‘ringa mo‘ljallangan maktabning 5−11 sinflarida aniq va tabiiy fanlar chuqur o‘qitiladi. Maktabga o‘quvchilar viloyatning barcha shahar va tumanlaridan imtihon asosida olinadi.

Maktab-internatda 60 dan ortiq o‘quv va kompyuter xonalari, chet tili sinflari, laboratoriya mavjud. Shuningdek, 222 o‘rinli yotoqxona, oshxona, sport zali zamonaviy jihozlangan.

андижон, maktabлар, tarbiya, ta’lim, шавкат мирзиёев

Prezident o‘qituvchilar bilan suhbatlashib, bir qator takliflarni ilgari surdi.

Xususan, maktabning yuqori sinflari bilan oliygoh dasturlari o‘rtasida uzviylikni ta’minlash, bir-birini takrorlaydigan darslarga yoshlarning vaqtini ketkazmasdan, ko‘proq amaliyotga yo‘naltirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Maktablarga ta’lim, tarbiya va ma’naviyat bo‘yicha yangi muhit olib kirish kerak, dedi prezident.

Shuningdek, davlat rahbari Andijon shahrida bunyod etilayotgan Universal sport majmuasini borib ko‘rdi.

Hozirda to‘rt ming tomoshabinga mo‘ljallangan yopiq zal qurilgan. Unda bir nechta sport turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish mumkin bo‘ladi. Jumladan, joriy yil kuzda futzal bo‘yicha jahon chempionatining ayrim o‘yinlari shu yerda o‘tkaziladi.

андижон, maktabлар, tarbiya, ta’lim, шавкат мирзиёев

Yirik majmuada basseyn, kafe, restoran ham bo‘ladi. Mashhur sportchilarning mahorat maktablari uchun ham sharoit yaratiladi. Mashg‘ulotlar sport federatsiyalari va oliy ta’lim maskanlari bilan bog‘langan holda olib boriladi.

Majmuani samarali ekspluatatsiya qilish, zamonaviy boshqaruvni joriy etish lozimligi aytildi.